Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VARShAVA ShAHRIDA (POLShA RESPUBLIKASI) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSh KONSULXONASINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasini Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 29-iyundagi 300-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik va madaniy-insonparvarlik sohalaridagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Polsha Respublikasida, Varshava shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Varshava shahridagi Bosh konsulxonasi shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh konsulxona xodimlari soni diplomatik tarkib boʻyicha 3 nafar va maʼmuriy-texnik xodimlar boʻyicha 1 nafar etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2003-yildan boshlab Bosh konsulxonaning joriy xarajatlarini budjetda navbatdagi moliyaviy yilga tasdiqlangan xorijiy muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlaridan kelib chiqib mablagʻ bilan taʼminlasin;
Bosh konsulxonaga ikkita avtomobil taʼminotiga limit ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Varshava shahridagi Bosh konsulxonasini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
5. Mazkur topshiriqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-dekabr,
429-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-dekabrdagi 429-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Varshava shahridagi Bosh konsulxonasi
ShTAT JADVALI
ShTAT JADVALI
|
№ |
Lavozimi |
Soni |
Elchining maoshiga (2200 doll.) nisbatan xodimlarning maoshi, foizlarda |
Oylik maoshi |
Bir yilga ish haqi fondi | ||||||||
|
Diplomatik tarkib | |||||||||||||
| 1. | Bosh konsul | 1 | 85 | 1870 | 22440 | ||||||||
| 2. | Birinchi kotib | 1 | 75 | 1650 | 19800 | ||||||||
| 3. | Ikkinchi kotib | 1 | 70 | 1540 | 18480 | ||||||||
| | Itogo: | 3 | | 5060 | 60720 | ||||||||
|
Maʼmuriy-texnik tarkib | |||||||||||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65 | 1430 | 17160 | ||||||||
| 2. | Jo�ning oʻzida yoki xodimlarning oilalari orasidan yollanadigan xodimlar (farrosh, xizmatkor va boshqalar) | | | 1200 | 14400 | ||||||||
| | Jami: | 1 | | 2630 | 31560 | ||||||||
| | Hammasi: | 4 | | 7690 | 92280 | ||||||||