15.11.2021 yildagi PQ-10-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash, gʻallaning kerakli boʻlgan hajmidan tashqari davlat xaridlaridan toʻliq voz kechish hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, gʻalla donini birja savdolarida cheklovlarsiz sotishga imkon yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining gʻalla yetishtirish va sotishdagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorni gʻalla doni bilan kafolatli taʼminlash maqsadida 2022-yildan boshlab respublika hududida ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yer-suv sharoitlaridan kelib chiqqan holda mustaqil joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2024-yillarda gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari yetishtirgan hosilning gʻalla ekilgan har gektar sugʻoriladigan maydon hisobidan respublika boʻyicha oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida erkin sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan gʻalla yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlarni gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlariga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlariga kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda kalendar yilning 1-avgustiga qadar bugʻdoyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narxi ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2022-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma tomonidan ichki bozorda narx barqarorligini taʼminlash uchun birja savdolaridan bugʻdoy sotib olish va uni birjada sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan birja savdolarida bugʻdoy sotib oluvchi tijorat vakilini belgilash va tanlab olishning aniq va shaffof mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat vakili tanlovida “Oʻzdonmahsulot” AK tizimi korxonalari bilan bir qatorda hududlarda donni qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanayotgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga teng sharoit yaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat vakili Jamgʻarma nomidan xarid qilingan bugʻdoy uchun oʻzining butun mol-mulki bilan javobgar ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat vakili Jamgʻarma topshirigʻiga asosan Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimida yer uchastkalariga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtgan gʻallachilik klasterlari va fermerlardan birja orqali bugʻdoy sotib olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat vakilining bugʻdoyni xarid qilish, saqlash, tabiiy kamayish, ortish, tashish va davlat zaxirasini yangilash boʻyicha xarajatlarini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash uchun xarid qilingan bugʻdoyning Jamgʻarma tomonidan birja savdolariga chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni saqlab turish maqsadida bugʻdoyni sotishdan olingan ijobiy va salbiy farqlarni qoplash tartibi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kalendar yilning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-apreliga qadar erkin birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoyning fermerlar, klasterlar va tumanlar kesimidagi taqsimotini hamda bugʻdoyni saqlashga mos yopiq sigʻimlarga ega don qabul qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-avgustiga qadar yetishtirilgan bugʻdoy miqdori va ichki bozorda bugʻdoyga boʻlgan talabdan kelib chiqib, zarur hollarda tender savdolari orqali qoʻshimcha bugʻdoy xarid qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining kalendar yilning may-avgust oylarida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, sugʻoriladigan maydonlarda gʻalla yetishtiruvchi barcha subyektlar tomonidan gʻalla ekilgan har gektar maydon hisobiga respublika boʻyicha oʻrtacha 2,5 tonnadan gʻallaning birja savdolariga chiqarilishini taʼminlash uchun shaxsan masʼulligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshoqli don yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yoʻnalishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻdoyni sotish jarayonlariga, shu jumladan shartnomalar tuzishga, xoʻjaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi maʼlum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari oʻrtasidagi ichki tashuvlarga aralashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gʻallachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki tartibda koʻrsatma berishlari qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarini gʻallachilik klasteri tashkil etish taklifini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga sotish uchun baholash va faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirmaslik shartida ochiq savdolarga qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga tegishli 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga tekinga berish va toʻliq modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 07/23/260/0557-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda obyektlar “Oʻzdonmahsulot” AKdagi davlat ulushi va “Oʻzdonmahsulot” AKning don korxonalaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tadbirkorlik subyektlariga sotilgandan soʻng, “Oʻzdonmahsulot” AKni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar barcha tumanlar markaziy dehqon bozorlaridagi bugʻdoy va boshqa asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxlarini “on-line” tarzda kuzatish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yerlarni, shu jumladan boshoqli donning ekilishi, uning rivojlanishini uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida kuzatish va monitoringini yuritish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarining vegetativ holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida kuzatilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer axborot tizimi” portalida qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashtirilishi, shu jumladan takroriy va toʻqsonbosti usulida yetishtirilayotgan ekinlar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi elektron bazani shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda zararkunandalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli kuzatuvni tashkil etsin, xoʻjaliklar tomonidan ekinlarni himoya qilish ishlari oʻz vaqtida bajarilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarda ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan ekinlarni himoya qilish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ekinlarni joylashtirish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning xoʻjaliklar tomonidan bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda gʻalla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini joriy etish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritasini”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshoqli don yetishtirish, sotish va bugʻdoy narxining shakllanishi boʻyicha mazkur qaror bilan oʻrnatilgan tartibni Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hujjatlari bilan vaqtinchalik toʻxtatib turish yoki qayta koʻrib chiqish qatʼiyan man etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-10-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 07/21/10/1047-son; 04.08.2023-y., 07/23/260/0557-son)