26.09.1997 yildagi 453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IDORAGA QARAShLI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINI JOYLARDAGI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BALANSIGA BOSQIChMA-BOSQICh OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlarining aholini xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va kommunal xizmat koʻrsatish muassasalari xizmatlari bilan taʼminlashni tashkil etishdagi rolini oshirish, ular faoliyatiga yagona tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va korxonalarning 1998-yil 1-yanvargacha idoraga qarashli sogʻliqni saqlash, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va umumtaʼlim maktablari obyektlarini, ularni budjet mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlashga bosqichma-bosqich oʻtgan holda, korxonalar balanslaridan joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari 1—3-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga oʻtkazilayotgan idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini oʻz vaqtida qabul qilib olishni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan ijtimoiy soha obyektlaridan zarur darajada foydalanishni, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash va undan samarali foydalanishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va korxonalar ijtimoiy soha obyektlarini balansdan balansga oʻtkazishda uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari tuzsinlar, ularda oʻtkazilayotgan obyekt sotib olishda va asosli taʼmirlashda yordam koʻrsatilishini, hokimliklar tomonidan esa bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va statsionarlarda korxonalar xodimlari uchun zarur miqdorda joylar ajratish kafolatlari berilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun 1998-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirishga sof foyda (daromad)ga nisbatan foizda hisoblanadigan mahalliy soliq joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning 1998-yilgi budjeti parametrlari prognozi bilan bir vaqtda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga mahalliy soliqning cheklangan darajasi toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga soliqni hisoblash hamda uni mahalliy budjetlarga toʻlash tartibini ishlab chiqsin va soliq toʻlovchilarga yetkazsin, unda oʻtkazilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini mablagʻ bilan ulushli taʼminlash miqdoriga koʻra hududlar va korxonalar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi budjetlarni tuzishda joylardagi davlat hokimiyati organlari qabul qilib olgan ijtimoiy soha obyektlarini taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini davlat hokimiyati organlari balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma (nizom)ni ishlab chiqsinlar, unda ularning vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish shakllarini nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlariga vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarni mablagʻ bilan ulushli taʼminlash tartibini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar Davlat mulki qoʻmitasining hududiy organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan ijtimoiy soha obyektlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar va oʻzaro kelishuvga koʻra ularni korxonalar balansidan joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga oʻtkazsinlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu obyektlar qurilishini tugallashni qurilishlarning adresli roʻyxatlariga kiritsinlar. Ularning qurilishini davom ettirish maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining mahalliy organlari bilan birgalikda va Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelishgan holda ushbu obyektlarni kim oshdi savdolari orqali belgilangan tartibda sotish amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar balansidagi energetika va kommunal xoʻjalik obyektlarini (yordamchi stansiyalar va ularga xizmat koʻrsatuvchi liniyalar, butqozonlar, issiqlik tarmoqlari, suv quvurlari, kanalizatsiya va boshqa obyektlarni, texnologik obyektlardan tashqari) qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda ularni ushbu vazirliklar balansiga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekov hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari A.A. Azizxoʻjayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-son