Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-831-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Sh. Polvanov, D. Ismailov va M. Valiyev tomonidan 2021-yil 5-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-831-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
1404-IV-son