1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish | ||||
|
1. |
Iqtidorli yoshlarni milliy terma jamoalar tarkibiga kiritish maqsadida bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, oliy sport mahorati maktablari va olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar oʻrtasida mutlaqo yangi oʻzaro hamkorlik tizimini joriy qilish. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil dekabr Amalga oshirish — 2021 — 2024-yillar davomida |
- |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
2. |
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) tayyorgarlik koʻrayotgan yangi sport turlari boʻyicha terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkiblari, terma jamoa trener, shifokor va boshqa sport mutaxassislari tarkibini tasdiqlash, ularning majburiyati va javobgarligini belgilash boʻyicha shartnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil dekabr |
- |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
3. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishorqali terma jamoa aʼzolari uzluksiz tayyorlash jarayonini hududiy va xorijiy asosiy bazalarda tashkillashtirish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Budjet, homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
4. |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq jamoaviy sport turlari (futbol, basketbol, gandbol, voleybol, chim ustida xokkey, regbi, suv polosi) boʻyicha professional olimpik klublarini tashkil etish va ularning xorijiy mamlakatlardagi chempionat, liga musobaqalarida doimiy ishtirok etishini taʼminlash. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
5. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq, 2022-yilda rejalashtirilgan Butunjahon Universiadasi (Xitoy), Islom birdamlik oʻyinlari (Turkiya) va yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga (Xitoy) tayyorgarlik koʻrish boʻyicha uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda ushbu musobaqalarda ishtirok etish. |
2022-yil davomida |
Budjet, homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
6. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq, 2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda ushbu musobaqada ishtirok etish. |
2022-yil davomida |
Budjet, homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
7. |
2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yordam berish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2022-yil davomida |
Homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
8. |
Respublika va xalqaro musobaqalardagi erishilgan natijalarga asosan olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha litsenziyali musobaqalarda ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasining asosiy tarkibini; |
2021-2022-yillar davomida |
- |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yakuniy tayyorgarlik koʻrish uchun litsenziyalarni qoʻlga kiritgan mamlakat terma jamoasining asosiy tarkibini; |
2022-2023-yillar, dekabr | |||
|
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibini shakllantirish. |
2024-yil mart — iyul | |||
|
II. Respublika va hududiy olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
10. |
Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Tuyaboʻgʻiz qishlogʻidagi suv sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qarashli eshkak eshish bazasini kapital taʼmirlash. |
2022-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, “Rowing & Canoe” federatsiyasi |
|
11. |
Jizzax olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji tasarrufidagi 50x25 metrli ochiq suv havzasini kapital taʼmirlash va yengil konstruksiya bilan ustini yopish. |
2022-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Suzish federatsiyasi |
|
12. |
Chirchiq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji hududida suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan 50x25 metrli yopiq suv havzasini qurish. |
2022-yil iyul |
“Navoiy KMK” davlat korxonasi mablagʻlari |
Toshkent viloyati hokimligi, “Navoiy KMK” davlat korxonasi, Turizm va sport vazirligi, Suzish federatsiyasi |
|
13. |
Oʻzbekiston suzish federatsiyasining boʻsh yer uchastkasida 70 oʻrinli mehmonxona, 50x25 metr hajmdagi yengil konstruksiyadagi suv havzasini qurish. |
2022-yil iyul |
“Navoiy KMK” davlat korxonasi mablagʻlari |
“Navoiy KMK” davlat korxonasi, Toshkent shahar hokimligi, Suzish federatsiyasi |
|
14. |
Toshkent viloyati sport yakkakurashlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chorvoq shaharchasi, “Doʻstlik” mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport turiga ixtisoslashtirilgan sport zalini xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 oʻrinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan taʼminlash hamda sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ogʻir atletika federatsiyasi |
|
15. |
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch mavzesidagi “Umid” sport majmuasida Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi uchunsport bazasini (sport zal, 150 oʻrinli yotoqxona, oshxona) qurish hamda mavjud inshootlarni rekonstruksiya qilish. |
2022-yil oktabr |
Budjet mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
16. |
Toshkent shahrida qilichbozlikboʻyicha terma jamoa aʼzolari uchun zamonaviy sport bazasini qurish va foydalanishga topshirish. |
2023-yil aprel |
Budjet va homiylar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Qilichbozlik federatsiyasi |
|
18. |
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining asosiy bazasi atrofidagi boʻsh hududda (Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasi, 7A-uy) Xalqaro dzyudo federatsiyasi talablariga javob beradigan sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan zal barpo etish va foydalanishga topshirish. |
2023-yil may |
“Olmaliq KMK” AJ, “Azia inshurans” AJ, Dzyudo federatsiyasi mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Azia inshurans” AJ, Dzyudo federatsiyasi |
|
19. |
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Nurchilar” MFY hududida zamonaviy regbi sport kompleksini barpo etishva foydalanishga topshirish. |
2023-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Regbi federatsiyasi |
|
20. |
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida voleybol terma jamoalari uchun sport bazasini qurish va jihozlash. |
2023-yil oktabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Voleybol federatsiyasi |
|
21. |
Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani Oʻrtasaroy qishlogʻidagi oʻq otish sporti kompleksini ishga tushirish. Toʻrtta hududiy bazalarni (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri) oʻq otish sporti boʻyicha zamonaviy sport-texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
2022-2023-yillar davomida |
Oʻq otish federatsiyasi, “Vatanparvar” tashkiloti mablagʻlari |
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari, “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻq otish federatsiyasi |
|
22. |
Futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorat maktabining sport bazasini (100 oʻrinli yotoqxona, oshxona, konferensiya va trenajyor zali) hamda maʼmuriy binosini rekonstruksiya qilish. |
2022-2023-yillar davomida |
Budjet va homiylar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Futbol assotsiatsiyasi |
|
23. |
Hududlar va sport turlari kesimida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun sport bazalari va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil dekabr Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida |
- |
Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
24. |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar mavzesidagi Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi stadionini kapital rekonstruksiya qilish, yangi maʼmuriy bino qurish. |
2022 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Chim ustida xokkey federatsiyasi |
|
III. Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy qilish | ||||
|
25. |
Terma jamoalar sportchilarini tibbiy va farmakologik taʼminlash, ularning musobaqalarga tayyorgarlik va oʻquv-mashgʻulot jarayoniga ilgʻor innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarning xalqaro sport musobaqalarda ishtirokini taʼminlash uchun ilmiy tahlil qilish boʻyicha mutaxassislar (sport boʻyicha olimlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar) guruhlarini tashkil etish. |
2022-yil yanvar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
26. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil avgust |
Homiylar, ijrochilar va budjet mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
27. |
Xalqaro oʻquv jarayoni tajribasidan foydalangan holda, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sport-taʼlim muassasalari uchun takomillashtirilgan oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish. |
2022-2023-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
28. |
Oliy sport yutuqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashrdan chiqarish hamda olimpiya va paralimpiya terma jamoalarini tayyorlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv-mashgʻulot texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, nashr etilgan adabiyotni sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tarqatish. |
2022 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
29. |
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari trenerlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
30. |
Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashda ishtirok etish va maslahat berish uchun ilgʻor xorijiy trenerlar, sport mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mabla?lari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
31. |
Xorijiy sport muassasalarida oʻtkaziladigan oʻquv kurslari, treninglar va seminarlarda trener va sport mutaxassislarining muntazam ishtirokini taʼminlash, shuningdek, tajriba almashish maqsadida xorijiy terma jamoalar va sport klublariga tanishuv safariga yuborish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
32. |
Ilgʻor mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda, sport-taʼlim muassasalari va hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)lari trenerlari uchun joylarda oʻquv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
IV. Mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan taʼminlash | ||||
|
33. |
Sport tibbiyoti sohasidagi xorijiy tajriba va yutuqlar asosida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
34. |
Sportchilar uchun meʼyorlashtirilgan ratsional ovqatlanish tizimini takomillashtirish, ushbu masala boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni, sport turining energetik talabidan qatʼi nazar, sportchining individual ovqatlanish rejimini, ularning sogʻligi va jismoniy qobiliyatiga ijobiy taʼsir etuvchi mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini hamda optimal ovqatlanish menyusini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
|
35. |
Oʻquv-mashq yigʻinlari jarayonida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa sportchilarining psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini doimiy nazorat qilish, ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini kuchaytirish, markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
2021-yil dekabr |
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
|
36. |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sport psixologiyasi va diyetologiyasi boʻlimlarini tashkil etish, markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va anjomlari bilan jihozlash boʻyicha alohida dasturni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil noyabr |
Budjet va homiylik mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
|
Sport federatsiya (assotsiatsiya)laridagi sport shifokorlari, psixolog va diyetologlarning malakasini yetakchi xorijiy sport tibbiyoti markazlarida oshirish va qayta tayyorlash. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik mablagʻlari | ||
|
37. |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoaning asosiy va zaxira tarkibidagi sportchilarni bir yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan va doimiy mobil ekspress-laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazish, xorijiy davlatlarning tajribalaridan kelib chiqib, ularni davolash boʻyicha har bir sport turi uchun alohida klinik protokollarni tasdiqlash. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hamda homiylik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi |
|
38. |
Sport tibbiyoti kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni kengaytirish, sport tibbiyoti masalalari va muammolari boʻyicha xalqaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
39. |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi nomzod sportchilarning sogʻligʻi holatini milliy standartlarga muvofiq davriy jihatdan qayta baholagan va sport mashgʻulotlarida, shuningdek, musobaqalarda qatnashishga ruxsat bergan holda, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Homiylar, ijrochilar va budjet mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
40. |
Har bir olimpiya va paralimpiya sport turi boʻyicha ishlab chiqilgan tibbiyot reglamenti asosida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalarda mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borish. |
2022 — 2024-yillar davomida |
- |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK |
|
41. |
Sportchilarni farmakologik jihatdan taʼminlash tizimini takomillashtirish, sport farmakologiyasi, farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash hamda ishchanligini oshirish, bu borada xalq tabobatini keng qoʻllash boʻyicha darslik, qoʻllanma va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK |
|
42. |
Mahalliy dorivor oʻsimliklarning farmakologik xususiyatini oʻrganish asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarish, sportchilarning ho?atini tiklashga yordam beruvchi mahalliy preparatlar roʻyxatini shakllantirish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK |
|
43. |
Oliy malakali sportchilar bilan ishlash huquqini xalqaro litsenziya beruvchi akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy sport markazlari bazasida malakasini oshirgan sport shifokorlariga berish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
V. Mamlakat terma jamoalari sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining ijtimoiy-maishiy va moddiy taʼminotini yaxshilash | ||||
|
44. |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini tizimli tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan Olimpik professional futbol klubiga oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun “JAR” sport majmuasini bepul foydalanish huquqi asosida biriktirish. |
2021-yil noyabr |
Milliy olimpiya qoʻmitasiga ajratilgan budjet mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Futbol assotsiatsiyasi |
|
45. |
Sportchilarning yashash va tayyorgarlik koʻrish joylarida ijtimoiy-maishiy va moddiy taʼminotini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga hududlardan tanlab olingan yosh iqtidorli sportchilarning tahsil olishi uchun ota-onalar toʻlovini bekor qilgan holda ularni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy qilish masalasini oʻrganib chiqish va taklif tayyorlash. |
2022-yil iyun |
- |
Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
46. |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida taklif kiritish. |
2024-yil may |
Budjet, homiylar va ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
47. |
Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni keng targʻibot-tashviqot qilish, bolalar va yoshlar oʻrtasida oliy sport yutuqlarini ommalashtirish, xalqaro va respublika sport musobaqalari, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish ishlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuv va radioeshittirish, maqolalar, ijtimoiy reklama kabi shakllarda maxsus turkumlar boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil noyabr Amalga oshirish — 2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
VI. Mamlakat terma jamoalarini antidoping jihatdan taʼminlash | ||||
|
48. |
Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa s?ortchilari, trenerlari hamda tibbiyot xodimlari orasida dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, halol sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targʻib qilish maqsadida hududlarda hamda onlayn shaklda seminar, vebinar, uchrashuv, davra suhbatlarini doimiy ravishda oʻtkazishni taʼminlash. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
49. |
Dopingga qarshi kurash boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarining koʻlamini kengaytirish maqsadida davlat va nodavlat (televideniye va radio, davriy nashrlar) va elektron (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar) ommaviy axborot vositalari orqali turli shaklda chiqishlarni tashkil etish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi |
|
50. |
Dopingga qarshi kurash sohasida xalqaro tajribadan foydalangan holda, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar uchun takomillashtirilgan antidoping taʼlim dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish. |
2022-2023-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
51. |
Milliy antidoping agentligi mutaxassislari hamda agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellyatsiya boʻyicha komissiyalar aʼzolarining antidoping sohasida yetakchi xorijiy muassasalarda oʻtkaziladigan oʻquv kurslari va seminar-treninglarda muntazam ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, xorijiy antidoping tashkilotlariga tanishuv safariga yuborish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi, Turizm va sport vazirligi |
|
52. |
Ilgʻor mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, Milliy antidoping agentligi mutaxassislari va agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellyatsiya boʻyicha komissiyalar aʼzolari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun oʻquv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar |
|
53. |
Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa sportchilarini oʻquv-mashq yigʻinlari va musobaqalari jarayonida antidoping jihatdan doimiy nazorat qilish. |
2021 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy antidoping agentligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Sport turi |
Dasturlar soni |
Litsenziyalar soni |
|
I. Olimpiya sport turlari | |||
|
1. |
Boks |
13 |
12 |
|
2. |
Dzyudo |
14 |
12 |
|
3. |
Yengil atletika |
48 |
12 |
|
4. |
Suzish |
28 |
10 |
|
5. |
Erkin kurash |
12 |
7 |
|
6. |
Yunon-rum kurashi |
6 |
5 |
|
7. |
Qilichbozlik |
12 |
5 |
|
8. |
Ogʻir atletika |
10 |
5 |
|
9. |
Akademik eshkak eshish |
14 |
5 |
|
10. |
Baydarka va kanoeda eshkak eshish |
10 |
5 |
|
11. |
Velosport |
22 |
5 |
|
12. |
Taekvondo (WT) |
8 |
4 |
|
13. |
Oʻq otish (stenddan otish) |
12 |
4 |
|
14. |
Tennis |
5 |
2 |
|
15. |
Zamonaviy beshkurash |
2 |
2 |
|
16. |
Badiiy gimnastika |
2 |
2 |
|
17. |
Sport gimnastikasi |
12 |
2 |
|
18. |
Slalomda eshkak eshish |
6 |
1 |
|
19. |
Trampolin |
2 |
1 |
|
20. |
Kamondan otish |
4 |
1 |
|
21. |
Futbol |
2 |
1 |
|
22. |
Basketbol |
2 |
1 |
|
23. |
Gandbol |
2 |
1 |
|
24. |
Chim ustida xokkey |
2 |
1 |
|
25. |
Voleybol |
2 |
1 |
|
26. |
Regbi |
2 |
1 |
|
Jami |
254 |
103 | |
|
II. Paralimpiya sport turlari | |||
|
1. |
Parayengil atletika |
167 |
40 |
|
2. |
Paradzyudo |
13 |
12 |
|
3. |
Parasuzish |
146 |
26 |
|
4. |
Parapauerlifting |
20 |
8 |
|
5. |
Paravelosport |
51 |
1 |
|
6. |
Parataekvondo (WT) |
6 |
4 |
|
7. |
Paraakademik eshkak eshish |
4 |
4 |
|
8. |
Parakanoeda eshkak eshish |
9 |
6 |
|
9. |
Paraoʻq otish |
13 |
1 |
|
10. |
Parakamondan otish |
9 |
1 |
|
11. |
Bochcha |
7 |
1 |
|
12. |
Parastol tennisi |
31 |
1 |
|
Jami |
476 |
105 | |
|
III. Istiqbolli olimpiya sport turlari | |||
|
1. |
Sinxron suzish |
2 |
|
|
2. |
Suv polosi |
2 |
|
|
3. |
Suvga sakrash |
8 |
|
|
4. |
Ot sporti |
3 |
|
|
5. |
Triatlon |
2 |
|
|
6. |
Stol tennisi |
5 |
|
|
7. |
Badminton |
5 |
|
|
8. |
Qoyani zabt etish |
4 |
|
|
Jami |
31 |
||
|
Hammasi |
761 |
208 | |
3-ILOVA
|
T/r |
Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
Sport turi |
Terma jamoa | |||||
|
Jami |
Shundan: | |||||||
|
Sportchilar |
Shu jumladan: |
Trenerlar |
Boshqa mutaxassislar | |||||
|
Erkaklar |
Ayollar | |||||||
|
I. Olimpiya sport turlari | ||||||||
|
1. |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
Badminton |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 |
|
2. |
Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi |
Basketbol |
60 |
48 |
24 |
24 |
8 |
4 |
|
3. |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
Boks |
65 |
52 |
27 |
25 |
8 |
5 |
|
4. |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
Velosport BMX |
6 |
4 |
2 |
2 |
2 |
- |
|
Velosport MTB |
6 |
4 |
2 |
2 |
2 |
- | ||
|
Velosport shosse |
20 |
15 |
8 |
7 |
3 |
2 | ||
|
Velosport trek |
23 |
18 |
9 |
9 |
3 |
2 | ||
|
5. |
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi |
Voleybol |
60 |
48 |
24 |
24 |
8 |
4 |
|
6. |
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi |
Gandbol |
70 |
56 |
28 |
28 |
8 |
6 |
|
7. |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
Sport gimnastikasi |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 |
|
Badiiy gimnastika |
27 |
21 |
- |
21 |
4 |
2 | ||
|
Trampolin |
8 |
6 |
3 |
3 |
2 |
|||
|
8. |
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi |
Dzyudo |
70 |
56 |
28 |
28 |
10 |
4 |
|
9. |
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi |
Yengil atletika |
159 |
129 |
65 |
64 |
20 |
10 |
|
10. |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
Kamondan otish |
20 |
16 |
8 |
8 |
3 |
1 |
|
11. |
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi |
Qilichbozlik |
60 |
48 |
24 |
24 |
8 |
4 |
|
12. |
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
Ogʻir atletika |
38 |
30 |
15 |
15 |
5 |
3 |
|
13. |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
Ot sporti |
22 |
18 |
9 |
9 |
3 |
1 |
|
14. |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi |
Regbi |
60 |
48 |
24 |
24 |
8 |
4 |
|
15. |
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi |
Erkin kurash |
60 |
48 |
24 |
24 |
8 |
4 |
|
Yunon-rum kurashi |
30 |
24 |
24 |
- |
4 |
2 | ||
|
16. |
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi |
Stol tennisi |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 |
|
17. |
Oʻzbekiston suzish federatsiyasi |
Suzish |
70 |
56 |
28 |
28 |
8 |
6 |
|
Sinxron suzish |
25 |
20 |
- |
20 |
3 |
2 | ||
|
Suv polosi |
55 |
44 |
24 |
20 |
7 |
4 | ||
|
Suvga sakrash |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 | ||
|
18. |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
Taekvondo (WT) |
40 |
32 |
16 |
16 |
6 |
2 |
|
19. |
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi |
Tennis |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 |
|
20. |
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi |
Oʻq otish va stenddan otish |
30 |
24 |
12 |
12 |
4 |
2 |
|
21. |
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi |
Chim ustida xokkey |
80 |
64 |
32 |
32 |
10 |
6 |
|
22. |
Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi |
Baydarka va kanoeda eshkak eshish |
75 |
60 |
30 |
30 |
12 |
3 |
|
Akademik eshkak eshish |
120 |
96 |
48 |
48 |
18 |
6 | ||
|
Slalomda eshkak eshish |
23 |
18 |
9 |
9 |
3 |
2 | ||
|
23. |
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi |
Triatlon |
8 |
6 |
3 |
3 |
2 |
|
|
24. |
Oʻzbekiston zamonaviy besh kurash federatsiyasi |
Zamonaviy besh kurash |
8 |
6 |
3 |
3 |
2 |
|
|
25. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Futbol |
90 |
72 |
40 |
32 |
10 |
8 |
|
26. |
Oʻzbekiston sport raqsi federatsiyasi |
Breyk-dans |
10 |
6 |
3 |
3 |
2 |
2 |
|
27. |
Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
Qoyani zabt etish |
10 |
8 |
4 |
4 |
2 |
|
|
Jami |
1 658 |
1 321 |
660 |
661 |
226 |
111 | ||
|
II. Paralimpiya sport turlari | ||||||||
|
28. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi |
Paradzyudo |
50 |
39 |
8 |
3 | ||
|
29. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
Parataekvondo (WT) |
22 |
16 |
4 |
2 | ||
|
30. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi |
?araoʻq otish |
20 |
15 |
3 |
2 | ||
|
31. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi |
Parasuzish |
40 |
29 |
8 |
3 | ||
|
32. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston pauerlifting federatsiyasi |
Parapauerlifting |
48 |
40 |
6 |
2 | ||
|
33. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi |
Parayengil atletika |
80 |
67 |
10 |
3 | ||
|
34. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi |
Parakanoeda eshkak eshish |
28 |
22 |
4 |
2 | ||
|
Paraakademik eshkak eshish |
26 |
20 |
4 |
2 | ||||
|
35. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Bochcha |
18 |
13 |
3 |
2 | ||
|
36. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
Paravelosport |
30 |
25 |
3 |
2 | ||
|
37. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
Parakamondan otish |
20 |
15 |
3 |
2 | ||
|
38. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi |
Parastol tennisi |
18 |
13 |
3 |
2 | ||
|
Jami |
400 |
314 |
59 |
27 | ||||
|
Hammasi |
2 058 |
1 635 |
285 |
138 | ||||
4-ILOVA
|
T/r |
Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
Biriktirilgan sport bazalar | |
|
Asosiy sport bazalari |
Hududiy sport bazalari | ||
|
1. |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
1.Toshkent shahri, Oʻzbekiston boks federatsiyasi markazi. 2. Toshkent shahri, sport yakkakurashlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. |
1. Buxoro, Jizzax, Quvasoy va Qoʻqon shaharlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari. 2. Jizzax shahri, “Universal” sport kompleksi. 3. Samarqand shahri, Boks boʻyicha oliy sport mahorati maktabi. 4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 5. Chirchiq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. |
|
2. |
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi |
1. Toshkent shahri, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati. |
1. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”. 2. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. |
|
3. |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
1. Toshkent shahri, “Universal” sport saroyi. |
1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 2. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 3. Hududiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari. |
|
4. |
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi |
1. Toshkent shahri, dzyudoni rivojlantirish markazi. |
1. Chirchiq shahri, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Chirchiq shahri, “Kimyogar” sport kompleksi. |
|
5. |
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi |
1. “Paxtakor” markaziy qilichbozlik zali. 2. “Umid” sport majmuasi. |
1. Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 2. Andijon viloyati, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Buxoro olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 4. Navoiy shahri, “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi. 5. Chirchiq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. |
|
6. |
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. 2. Toshkent shahri, “Ogʻir atletika” markazi. 3. “Chirchiq Azamatlari” sport klubi. |
1. Toshkent viloyati, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Xiva tumani, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. |
|
7. |
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi |
1. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi. |
1. Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 2. Samarqand olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 3. Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 5. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 6. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. |
|
8. |
Oʻzbekiston suzish federatsiyasi |
1. Namangan viloyati, suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Toshkent shahri, suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi. 3. Toshkent shahri, “Saxovat sport servis” MCHJ suzish havzasi. 4. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. |
1. Navoiy shahri, “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi. 2. Namangan shahri, “Okean” suzish havzasi. 3. Angren shahri, “Delfin” suzish havzasi. 4. Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari. |
|
9. |
Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi |
1. Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi. 2. “Water and rowing” sport klubi. |
1. Namangan viloyati, “Fargʻona kanali”. 2. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”. 3. Samarqand viloyati, “Eshkak eshish kanali”. 4. Toshkent viloyati, “Karankoʻl” dam olish maskani. 5. Toshkent viloyati, “Qaldirgʻoch” dam olish oromgohi. 6. Toshkent shahri, “Boʻz suv” kanali. |
|
10. |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
1. Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi. |
1. Nukus oliy sport mahorati maktabi. 2. Buxoro viloyati, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Navoiy viloyati, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 4. Namangan viloyati, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 5. Namangan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 6. Samarqand viloyati, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 7. Samarqand viloyati, “Sarteppo” sport majmuasi. 8. Fargʻona viloyati, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 9. Fargʻona olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 10. Mirobod tumani, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 11. Mirzo-Ulugbek tumani, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 12. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. |
|
11. |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. |
1. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Termiz va Fargʻona viloyatlaridagi kamondan otish bazalari. 2. Hududiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari. |
|
12. |
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi |
1. Toshkent viloyati, “Zamonaviy oʻq otish” sport majmuasi. 2. Toshkent shahri, Mudofaa vazirligining sport markazi. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining sport bazalari. |
|
13. |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
1. Qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi. |
1. Toshkent viloyati, “Chimgan-Aziya” mehmonxonasi. |
|
14. |
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi |
1. Toshkent shahridagi tennisga ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi. |
1.Andijon viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Namangan viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Fargʻona viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. |
|
15. |
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. |
1. Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi. 2. “Umid” sport majmuasi. |
|
16. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
1. “JAR” sport majmuasi. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorat maktablari, futbol akademiyalari va futbol maktablari. |
|
17. |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
1. “Universal Jumping Agro” MCHJ. |
1. Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari. 2. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 3. Ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi. |
|
18. |
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 2. “Paxtakor” markaziy stadioni. 3. Toshkent shahri, “Ekobogʻ”. |
1. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”. 2. Toshkent viloyati yoʻllari. 3. Ohangaron shossesi boʻylab. |
|
19. |
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi |
1. Toshkent davlat transport universiteti. |
1. Andijon viloyati, “Barkamol avlod” sport majmuasi. 2. Chust tumani, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 4. Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 5. Fargʻona viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. |
|
20. |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Toshkent shahri, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi “Chorsu” sport bazasi. 2. Toshkent shahri, Oʻzbekiston badminton markazi. |
1. Buxoro viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Namangan shahri, 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Xorazm viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. |
|
21. |
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji.
2. Toshkent shahri, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. |
1. Navoiy viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 2. Namangan viloyati, “Barkamol avlod” sport majmuasi. 3. Jizzax olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 4. Samarqand shahri, 2-akademik litsey. 5. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 6. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 7. “Olmaliq KMK” AJ sport zali. 8. Oʻzbekiston Milliy universiteti sport majmuasi. |
|
22. |
Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi |
1. Toshkent davlat yuridik universiteti sport zali. 2. Toshkent shahri, “Umid” sport majmuasi. 3. Oʻzbekiston Milliy universiteti sport majmuasi. 4. Mudofaa vazirligi sport klubi majmuasi. |
1. Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 2. Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti. 3. Jizzax olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 4. Navoiy shahri, “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi. 5. Namangan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 6. Samarqand olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazi. 7. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 8. Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. |
|
23. |
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 2. Oʻzbekiston Milliy universiteti sport majmuasi. |
1. Andijon viloyati, E.Vohidov nomidagi shaxmat va voleybol maktabi. 2. Jizzax viloyati, yengil a?letika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 5. Qoʻqon shahri, 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 6. Fargʻona shahri, “Samo” sport majmuasi. |
|
24. |
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi |
1. Andijon shahri, “Barkamol avlod” sport majmuasi. 2. Buxoro shahri, “Sitora” stadioni. |
1. Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. 2. Uchqoʻrgʻon tumani, 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 3. Samarqand viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 4. Toshkent viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 5. Toshkent viloyati, “Qibray” markaziy stadioni. 6. Fargʻona viloyati, “Kimyogar” stadioni. 7. Xorazm viloyati, yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi. 8. Toshkent shahri, Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi stadioni. |
|
25. |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi |
1. Oʻzbekiston Milliy universiteti stadioni. |
1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. |
|
26. |
Oʻzbekiston sport raqsi federatsiyasi |
1. “International Nouse Tashkent” akademik litseyi. |
1. Toshkent viloyati,“Kumushkon” dam olish oromgohi. |
|
27. |
Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
1. “Lokomotiv” bogʻi. | |
|
28. |
Oʻzbekiston golf federatsiyasi |
1. Toshkent shahri, golf-klub. |
|
|
29. |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
1. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi sport bazasi. |
1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi. 2. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji. 3. Nukus, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Chirchiq va Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari. 4. “Amirsoy” majmuasi. 5. “Xumo Arena” majmuasi. 6. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi sport majmuasi. 7. Navoiy shahri, “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi. 8. Namangan shahri, “Okean” suzish havzasi. 9. Angren shahri, “Delfin” suzish havzasi. 10. Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari. |
5-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Bosh vazir, komissiya raisi |
|
2. |
A.A. Abduvaxitov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
3. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
4. |
A.J. Ramatov |
— |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari |
|
5. |
D.A. Kuchkarov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri |
|
6. |
B.A. Musayev |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
7. |
N.T. Yoʻldoshev |
— |
Bosh prokuror |
|
8. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
9. |
A.X. Kamilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
10. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
11. |
Sh.X. Shermatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
12. |
A.X. Toshkulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
13. |
A.M. Xadjibayev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
14. |
M.B. Azimov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
15. |
Sh.D. Kudbiyev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
16. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
17. |
A.K. Inakov |
— |
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori |
|
18. |
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
19. |
A.K. Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
20. |
R.M. Shaabduraxmonov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi |
|
21. |
M.M. Tashxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi |
|
22. |
K.M. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi |
|
23. |
U.S. Salixbayeva |
— |
“Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi |
|
24. |
O.A. Qosimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi |
|
25. |
B.M. Maxsitov |
— |
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi |
|
26. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
27. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga masʼul etib biriktirilgan vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari |
|
28. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari |
|
29. |
Z.Z. Tadjibayev |
— |
Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |