Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Qarori
“Birinchi guruhga sholi yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2640-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2014-yil 25-noyabrdagi 24-son “Birinchi guruhga sholi yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyhat raqami 2640, 2014-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52- son, 629-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-oktabr,
5-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
2021-yil 19-oktabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2021-yil 21-oktabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
2021-yil 27-oktabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi X. XOSILOV
2021-yil 25-oktabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. VAXABOV
2021-yil 20-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 10/21/2640-1/1017-son)