Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini kengaytirish hamda tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda, sinov tariqasida, koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu mahsulotlarni sinov mobaynida aksiz markalari bilan markirovka qilmaslik tartibi ularni davlat tilida markirovka qilish hamda majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar (keyingi oʻrinlarda — boshqa turdagi tamaki mahsulotlari) boʻyicha:
a) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
2022-yil 1-sentabrga qadar yoki 2022-yil 1-sentabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari nomenklaturasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2022-yil 1-oktabrdan boshlab isteʼmol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushiradi, shuningdek, boshqa turdagi tamaki mahsulotlarini agregatsiyalashni taʼminlaydi hamda markirovkalash axborot tizimiga markirovkalanganligi va agregatsiyalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
2023-yil 1-yanvarga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (ulgurji savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
2023-yil 1-martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi;
b) ulgurji savdo tashkilotlari:
2022-yil 1-noyabrga qadar yoki 2022-yil 1-noyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib olishga doir maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-fevraldan boshlab markirovkalangan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari sotilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-martga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (chakana savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) chakana savdo tashkilotlari:
2023-yil 1-fevralga qadar yoki 2023-yil 1-fevraldan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi;
2023-yil 1-martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlaridan sotib olishga doir maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi boʻyicha maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-oktabrga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (oxirgi isteʼmolchiga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan ishlab chiqarish taqiqlanadi;
d) 2022-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish sharti bilan ruxsat etiladi;
e) 2022-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga 2023-yil 1-oktabrga qadar ruxsat etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
sinov mobaynida aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari majburiy raqamli markirovkalash orqali toʻliq hisobga olinishi moliya inspektorlari tomonidan davlat soliq organlari xodimlari bilan birgalikda nazorat qilinishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlarining import qilinishi, ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi samaradorligini tahlil qilib borsin;
sinov davri yakuni boʻyicha alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash tartibini bekor qilish yuzasidan 2022-yil 1-oktabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
665-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 665-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarorida:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi bilan qoʻshilsin:
“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi”.
b) 1-ilovaning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaror bilan tasdiqlangan 3-ilovada:
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“v) boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari;
g) chekilmaydigan tamaki mahsulotlari;
d) nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar”;
toʻrtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
a) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki import qilish bilan shugʻullanuvchilarda tamaki mahsulotlarini foydalanishga kiritish va (yoki) foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 2020-yil 31-dekabrga qadar yoki 2020-yil 31-dekabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan tamaki mahsulotlari nomenklaturasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 2022-yil 1-sentabrga qadar yoki 2022-yil 1-sentabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan tamaki mahsulotlari nomenklaturasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
b) isteʼmol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalari tushirilishini, shuningdek, tamaki mahsulotlarini agregatsiyalashni taʼminlaydi va markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar — 2021-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar — 2021-yil 1-dekabrdan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2022-yil 1-oktabrdan boshlab markirovkalanganligi va agregatsiyalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
v) markirovkalangan tamaki mahsulotlarining sotilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar — 2022-yil 1-fevraldan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2023-yil 1-yanvardan boshlab kiritilishini taʼminlaydi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (ulgurji savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha koʻrsatilgan qoldiqlari:
filtrli sigaretalar — 2021-yil 1-iyulga qadar;
filtrsiz sigaretalar — 2022-yil 1-fevralga qadar;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2023-yil 1-yanvarga qadar sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
d) tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2021-yil 1-oktabrdan;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-martdan,
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-martdan boshlab kiritilishini taʼminlaydi”;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Tamaki mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib oladigan tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlari:
a) tamaki mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan sotib olish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi ulgurji savdo tashkilotlari 2021-yil 1-fevralga qadar yoki 2021-yil 1-fevraldan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni bevosita ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan sotib olish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi ulgurji savdo tashkilotlari 2022-yil 1-noyabrga qadar yoki 2022-yil 1-noyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
b) ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib olishga doir maʼlumotlarni:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2021-yil 1-oktabrdan;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-martdan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-yanvardan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) markirovkalangan tamaki mahsulotlari sotilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-apreldan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-fevraldan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (chakana savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha koʻrsatilgan qoldiqlarni:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2021-yil 1-oktabrga qadar;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-iyunga qadar;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-martga qadar sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
d) mahsulot aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2021-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-iyundan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-iyundan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Tamaki mahsulotlari aylanmasining chakana savdosini amalga oshiruvchi ishtirokchilar:
a) tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tamaki mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi 2021-yil 31-martga qadar yoki 2021-yil 31-martdan keyin tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tamaki mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi 2023-yil 1-fevralga qadar yoki 2023-yil 1-fevraldan keyin tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
b) tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlaridan sotib olishga doir maʼlumotlarni:
filtrli sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar boʻyicha — 2022-yil 1-maydan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar boʻyicha — 2023-yil 1-martdan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) tamaki mahsulotlarining:
2021-yil 1-apreldan boshlab filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-iyundan boshlab filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar chakana savdosi boʻyicha maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (oxirgi isteʼmolchiga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha koʻrsatilgan:
2022-yil 1-yanvarga qadar filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-dekabrga qadar filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-oktabrga qadar boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
d) tamaki mahsulotlari:
2022-yil 1-yanvardan boshlab filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-dekabrdan boshlab filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”;
d) quyidagi tahrirdagi 101-band qoʻshilsin:
“101. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda tamaki mahsulotlarining koʻrsatilgan turlarini raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan 2022-yil 1-oktabrdan boshlab ishlab chiqarish taqiqlanadi.
2022-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqarilgan (olib kirilgan) tamaki mahsulotlarining koʻrsatilgan turlarining chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ularning chakana savdosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatish sharti bilan ruxsat etiladi.
2022-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqarilgan (olib kirilgan) tamaki mahsulotlarining koʻrsatilgan turlari chakana savdosiga 2023-yil 1-oktabrga qadar ruxsat etiladi”;
e) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. 1 (bir) hisobot davri (oyi) doirasida butun ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari boʻyicha isteʼmol va guruhlangan qadoqlarni agregatsiyalashning oʻrtacha samaradorligi quyidagilarni tashkil qilishi kerak:
a) filtrli sigaretalar uchun:
95 foizdan kam boʻlmagan — 2021-yil 1-maydan boshlab;
99 foizdan kam boʻlmagan — 2021-yil 1-iyuldan boshlab;
b) filtrsiz sigaretalar uchun:
95 foizdan kam boʻlmagan — 2022-yil 1-apreldan boshlab;
99 foizdan kam boʻlmagan — 2022-yil 1-iyundan boshlab;
v) boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar uchun:
95 foizdan kam boʻlmagan — 2022-yil 1-dekabrdan boshlab;
99 foizdan kam boʻlmagan — 2023-yil 1-fevraldan boshlab.
Bunda, guruhlangan qadoq ichida agregatsiyalanadigan ikkita isteʼmol qadogʻidan va transport qadogʻi ichida ikkita guruhlangan qadoqdan oshmagan holda identifikatsiyalash kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasligiga ruxsat etiladi.
Ushbu holatda agregatsiyalashni amalga oshiruvchi tamaki mahsulotlari aylanmasining ishtirokchisi agregatsiyalash boshlangan kundan 5 (besh) ish kuni davomida isteʼmol qadoqlarini identifikatsiyalash kodlari va (yoki) agregatsiyalashda markirovkalash axborot tizimiga uzatilmagan guruhlangan qadoqlarni identifikatsiyalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/665/1008-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 26.12.2022-y., 07/22/455/1121-son)