Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3172-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-sentabr,
2021-37-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2021-yil 15-sentabr
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 23-sentabr
Vazir D. KUChKAROV
2021-yil 10-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 24 centyabrdagi 2021-37-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 4-bandda:
“d” kichik band “yuridik shaxslar” degan soʻzlardan keyin “, chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“e” kichik band “yuridik shaxslar” degan soʻzlardan keyin “va ularga tovar (ish va xizmat) yetkazib beruvchi chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan toʻldirilsin:
“z) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.”.
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qaror” degan soʻz “buyruq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar va oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son)