Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3210-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-oktabr,
281-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3210-2/1002-son)