“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1999-yil 15-aprel
684/04-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1999-yil 15-aprel
684/04-1-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Kasaba
Uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi
Oʻzbekiston Kasaba
Uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi
Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi
MEHNAT ShARTNOMASI ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA BEKOR QILINIB, OGOHLANTIRISh MUDDATI PULLIK KOMPENSATSIYAGA ALMAShTIRILGANDA XODIMLARGA MODDIY MADAD BERISh TARTIBI HAQIDA
tushuntirish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 10-mayda 720-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi niyati haqida, xodimni Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarda ogohlantirishi lozim va bu ogohlantirish muddatlari ularga muvofiq keladigan pullik kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish:
Keyingi tahrirga qarang.
xodim bilan ish beruvchining oʻzaro kelishuvi asosida (102-moddaning ikkinchi qismi);
Keyingi tahrirga qarang.
xodim bilan kelishuvsiz (102-moddaning uchinchi qismi);
Keyingi tahrirga qarang.
ish beruvchining xohishi asosida (102-moddaning toʻrtinchi qismi) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Mehnat kodeksi 67-moddasining birinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qoʻshimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng ikkinchi va uchinchi oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga ikkinchi va uchinchi oylar uchun ilgarigi ish joyidan oʻrtacha ish haqini toʻlash muddatlari ham oʻzgarmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Misol. Mehnat shartnomasi 1-martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1-yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1-yanvardan bekor qilindi. Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (yanvar, fevral oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (yanvar uchun) ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlandi. Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi bilan tasdiqlasa, Mehnat kodeksining 67-modda birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun oʻrtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng 10 kun muddat ichida, yaʼni 2-yanvardan 12-yanvargacha boʻlgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa va aprel oyida bu toʻgʻrisida mehnat organining maʼlumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.