Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida paxta xomashyosini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish orqali suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-oktabr,
PQ-5264-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5264-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
2-ilovaning “III. Subsidiyalar miqdorlari” bobining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari quyidagicha belgilanadi:
|
ming soʻm | |||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun | |||||||
|
Tomchilatib sugʻorish |
8 000* |
x |
1 500 |
1 300 |
2 500 |
6 000 |
8 000 |
|
Keng qamrovli sugʻorish tizimi |
x |
6 000** |
1 200 |
x |
2 500 |
x |
x |
|
“Sprinkler” tizimi |
x |
8 000** |
1 000 |
x |
2 000 |
x |
x |
|
Diskretli sugʻorish |
2 000 |
x |
x |
x |
x |
x |
x |
|
Lazerli tekislash*** |
1 000 |
1 000 |
1 000 |
1 000 |
1 000 |
x |
x |
|
Mobil sugʻorish tizimi |
x |
2 000 |
500 |
x |
2 000 |
x |
x |
* — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyalari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi;
** — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi;
*** — tomchilatib yoki yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari bilan birgalikda joriy qilingan taqdirda lazerli tekislash uchun subsidiya mablagʻlari ajratilmaydi.
Izoh: mevali ekinlar va uzum uchun moʻljallangan subsidiyalar 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy qilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2021-y., 07/21/5264/0991-son)