21.10.2021 yildagi 654-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish va ularni toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola nafaqasi va moddiy yordam uchun toʻlovlarni moliyalashtirish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil martga qadar jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari roʻyxati shakllantirilishini va ushbu maʼlumotlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sudning qarorlariga muvofiq bolalarning ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs qaramogʻida qoldirilganligi hamda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha oʻzaro elektron axborot almashinuvi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qoʻshimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi toʻlov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
654-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali aniqlash hamda ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa (keyingi oʻrinlarda — bolalar nafaqasi) va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni (keyingi oʻrinlarda — moddiy yordam) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — oilaning 18 yoshga toʻlgan ijtimoiy nafaqa olish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma — “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan, QR-kodga ega boʻlgan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlovchi onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan soʻng ushbu Nizomga asosan bolalar nafaqasini olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta boʻlgan oilalarga va yakka-yolgʻiz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir oilada tugʻilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak boʻlsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha boʻlgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar)larning mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oila:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilning 1-sentabridan — oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad 440 ming soʻmdan oshmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yildan boshlab — oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila aʼzolarining taqdim etgan arizalariga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgandan soʻng tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar (shaxslar) qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotnoma oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab oʻn ikki oy davomida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitta oila soʻnggi 12 oy davomida ketma-ket “Yagona reyestr” AT orqali bir necha marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa, bunda maʼlumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma taqdim etilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning muomalaga layoqatli istalgan aʼzosidan biri (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, 18 yoshga toʻlgan, oʻz oilasiga ega boʻlmagan (ota-onasi, ulardan biri yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bilan birga yashovchi) bolasi yoki oilaning farzandlikka olingan bolasi yoxud vasiylikka olingan shaxslar) ariza beruvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir oila tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni yangi muddatga tayinlash uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni toʻlash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam yashash joyi boʻyicha oilaning muomalaga layoqatli aʼzosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi va roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan maxsus roʻyxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi) boshligʻining nomiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi va oila aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi (bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalari vasiylik ostida boʻlgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga oʻtkazilgan pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish toʻgʻrisida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila aʼzolari imzolari bilan tasdiqlangan ushbu Nizomga 3b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila aʼzolari imzolarining haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javobgar boʻladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning toʻliq taqdim etilganligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ariza beruvchiga qoʻshimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar qoʻshimcha besh kun ichida, biroq ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi arizada koʻrsatilgan ariza beruvchi va uning oila aʼzolari tarkibini hamda ular arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha yashayotganligini ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 18-sanasiga qadar oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining oila tarkibi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumot fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har besh kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan ariza va taqdim etilgan zarur hujjatlarni hamda oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga arizalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashni soʻrab murojaat etilgan arizalar roʻyxatiga asosan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan arizalar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining masʼul xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar 3 yil davomida Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimlarida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oila aʼzolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadning hisob-kitobi, oila aʼzosi nomida mavjud boʻlgan koʻchmas mol-mulki va avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan maʼlumotlar boʻyicha Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila aʼzolari egaligida jami bittadan ortiq koʻchmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yengil avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablagʻlari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila aʼzosi tomonidan takroriy ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan soʻng ariza koʻrib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga joʻnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan aʼzolari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan aʼzosi tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uch yoshga toʻlguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlarga (taʼlimning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi boʻlgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi boʻlmagan holda otasiga), oila aʼzosi hisoblangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band boʻlgan, biroq ushbu dastur boʻyicha mikrokredit olingan sanadan boshlab koʻpi bilan 12 oy band boʻlgan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlganligi munosabati bilan oilada boʻlmagan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) aholi bandlikka koʻmaklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrt va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandi mavjud boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosiga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan mezonlar asosida bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar “Yagona reyestr” AT orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron shaklda (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining “Yagona reyestr” AT tomonidan elektron soʻrov yuborilgan kunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (toʻliq) miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanganda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning faqat “k” kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar “Yagona reyestr” AT orqali belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, lekin mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar) hamda nikohi bekor qilingan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan olingan elektron maʼlumotlarga asosan aniqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchining ushbu Nizomning 7 va 20-bandlariga muvofiq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish huquqiga ega yoki ega emasligi “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan maʼlumotlar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi. Ushbu maʼlumotlardan foydalanish vakolati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasining buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan masʼul xodimga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha daromad bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha boʻlgan oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan barcha oila aʼzolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila aʼzolari soniga va uchga boʻlish orqali aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin (yoki ularning biri) va ular bilan birga yashaydigan va ularning qaramogʻida boʻlgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), shuningdek, ota-onalari bilan birga yashaydigan va oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshdan katta bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), yolgʻiz onalar (otalar) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻliq davlat taʼminotidagi bolalar, tarbiyalash uchun oilaga qabul qilingan (patronat tartibida) bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, shuningdek, sud qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxslar oila tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bir oylik oʻrtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan alimentlar. Bunda, fuqaro tomonidan toʻlangan alimentlar summasi oilaning jami daromadidan chiqarib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul tushumlari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari va boshqalardan olingan pul oʻtkazmalari summasi. Bunda xorijiy valyutada olingan pul oʻtkazmalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Yagona reyestr” AT tomonidan elektron maʼlumot olingan kundagi belgilangan kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi va oila aʼzosining har bir korxona ustav fondidagi ulushi, biroq mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan bir oylik oʻrtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga toʻlangan mehnat haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan, shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka oʻqish xarajatlarini toʻlash va kreditni olish chogʻida sugʻurta polisi haqini toʻlash hamda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urugʻliklar, koʻchatlar, sugʻorish vositalari olish uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalarni olgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila olayotgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam, nogironlik boʻyicha nafaqa, nogironlik boʻyicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi (nogironlik pensiya miqdoridan zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori chegirib tashlanadi), boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar va OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshga boʻlgan shaxslarga nafaqa, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi orqali beriladigan bola tugʻilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa, taʼlim muassasalari tomonidan toʻlanadigan stipendiyalar, mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga tayinlanadigan va toʻlanadigan moddiy yordam, mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida toʻlangan stipendiya bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari va parrandalari mavjud boʻlgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar amalda hisoblangan summa boʻyicha hisobga olinadi (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar chegirib tashlanguniga qadar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadni aniqlashda (yakka tartibdagi faoliyat maʼlum muddatga toʻxtatilgan davr bundan mustasno) daromad aniqlanayotgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan bir oylik summasining oʻn baravari miqdoriga teng boʻlgan, biroq mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan bir oylik oʻrtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning daromadlari miqdorini aniqlashda daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng boʻlgan bir oylik oʻrtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan maʼlumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila aʼzolaridan pul oʻtkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda oilaning bir oylik oʻrtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng boʻlgan bir oylik oʻrtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan oila aʼzosi (aʼzolari)ning bir oylik oʻrtacha normativ daromadi oilaning oʻrtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga koʻpaytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fuqaro bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlarni olgan ariza beruvchi va/yoki uning oila aʼzosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng boʻlgan oʻrtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan oila aʼzosi (aʼzolari)ning bir oylik oʻrtacha normativ daromadi oilaning bir oylik oʻrtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga koʻpaytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bolalar nafaqasi va moddiy yordamga murojaat qilgan oyda daromadlarning rasmiy manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan, toʻrt va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandi mavjud boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosiga ariza beruvchi va/yoki uning oila aʼzosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng boʻlgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uch yoshga toʻlguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlarga (taʼlimning kechki va sirtqi oʻqish shakllari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi boʻlgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi boʻlmagan holda otasiga), oila aʼzosi hisoblangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu maʼlumot Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan aniqlashtiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band boʻlgan, biroq ushbu dastur boʻyicha mikrokredit olingan sanadan boshlab koʻpi bilan 12 oy band boʻlgan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlganligi munosabati bilan oilada boʻlmagan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida “Temir daftar”da boʻlgan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) aholi bandlikka koʻmaklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Arizachining yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonida tomorqa maydonini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali olingan maʼlumotlar asosida quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEM = UM — QM — (UM * 20 %) bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEM — tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UM — ajratilgan yerning umumiy maydoni (m2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QM — qurilishlarning maydoni (m2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(UM * 20 %) koʻrsatkichi 200 m2dan oshmagan holda hisob-kitob uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad miqdori sifatida ushbu bandda belgilangan tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan bir oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan bir oylik oʻrtacha normativ daromad tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalanilayotgan sotixlar maydonini jami daromad aniqlanayotgan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 0,035 baravariga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan bir oylik oʻrtacha normativ daromadi oilaning oʻrtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga koʻpaytirilgan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4 sotixgacha boʻlgan tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi maydonida oilaning mehnatga layoqatli ishsiz bitta aʼzosi hamda keyingi har bir 4 sotixgacha maydon uchun qoʻshimcha bittadan oilaning ishsiz aʼzosi tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oila aʼzolari tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan deb quyidagi ketma-ketlik boʻyicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, mehnatga layoqatli ishsiz boʻlgan, bola parvarishi va oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, jazoni ijro etish joylarida jazoni oʻtamayotgan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan oila aʼzosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning voyaga yetgan, taʼlim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish joylarida jazoni oʻtamayotgan yoki chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamayotgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan, oʻz oilasiga ega boʻlmagan mehnatga layoqatli ishsiz farzandiga, shuningdek, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan shaxsga (bir nechta farzandi boʻlganda — yosh ketma-ketligi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtamayotgan yoki chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamayotgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan mehnatga layoqatli ishsiz otasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Chorva mollari va parrandalari mavjud boʻlgan fuqarolarning bir oylik oʻrtacha normativ daromadini hisoblash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari va parrandalarning soni shartli bosh qoramol soniga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovada keltirilgan Chorva mollarini va parrandalarni shartli boshga oʻgirish koeffitsiyentiga asosan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shartli bosh qoramol sonini daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 0,5 baravariga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan bir oylik oʻrtacha normativ daromad oilaning oʻrtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga koʻpaytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik, oʻzini oʻzi band qilgan va tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad “Yagona reyestr” AT orqali, shu jumladan, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan oʻzaro idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllash yoʻli bilan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchi oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOOʻD — (MHTD+MD+OA-TA+IN+JIMH+SND+YTTND+POʻ+PN+ TD+CHM+BD)/OAS/3 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOOʻD — oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTD — mehnatga haq toʻlash shaklidagi uch oylik daromadlar (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MD — uch oylik mulkiy daromadlar (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OA — oila aʼzolari tomonidan olingan uch oylik alimentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TA — oila aʼzolari tomonidan toʻlangan uch oylik alimentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TU — tashkilot taʼsischisiga qoʻllaniladigan normativ daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IN — mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga toʻlangan uch oylik ishsizlik nafaqasi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIMH — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga toʻlangan uch oylik mehnat haqi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SND — fuqaro bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlar uchun hisoblanadigan oʻrtacha uch oylik normativ daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YTTND — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun hisoblanadigan oʻrtacha uch oylik normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
POʻ — pul oʻtkazmalari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolaridan uch oylik pul oʻtkazmalari summasi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) yoki ularga hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PN — pensiya va nafaqalar koʻrinishidagi uch oylik (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TD — tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHM — chorva mollari va parrandalari mavjud boʻlgan fuqarolarga hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BD — oila aʼzolarining uch oylik boshqa daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAS — oila aʼzolari soni.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 kishidan iborat oilaning aʼzosi moddiy yordam uchun 2020-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktabr oylari uchun hisoblanadi. Oila aʼzolarining barcha daromadlari yigʻindisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 5 250 000 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 5 250 000 soʻm / 5 kishi / 3 oy — 350 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oilaning bir oylik oʻrtacha jami daromadi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda olingan oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) mahalliy budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam, birinchi navbatda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdori ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezonga toʻgʻri keladigan va boshqa oilalar daromadiga nisbatan kamroq boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash masalasi avtomatik ravishda keyingi oyda qayta koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, oila kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab uch oy davomida tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib arizachiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi qaytadan ariza berish yoʻli bilan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish istagini tasdiqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6, 19 va 31-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga mos boʻlgan hollarda “Yagona reyestr” ATda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchiga “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida elektron xabar (arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar xizmati orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni oʻzgargan taqdirda (navbatdagi bola tugʻilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga toʻlganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki pul mablagʻlarini naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Elektron toʻlov roʻyxat (vedomost)lari har oyning 4-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT orqali AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri keladigan boʻlsa, elektron toʻlov roʻyxat (vedomost)lari keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Toʻlovning oʻtgan oyida olinmagan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi toʻlovning joriy oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritiladi hamda tayinlangan, biroq oʻz vaqtida olinmay qolgan toʻlovlar oʻtgan davrlarda hisoblangan miqdorlarda butun davr uchun, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish muddati tugaganidan keyin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda bir yoʻla toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila aʼzosi tomonidan yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlov toʻxtatilishini soʻrab ariza taqdim qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona reyestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, maʼlumotlar elektron ravishda toʻliq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida notoʻgʻri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda oʻtgan davrda toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga taʼsir koʻrsatgan ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki toʻliq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ortiqcha toʻlovlar aniqlanganda vaqtincha toʻxtatiladi. Bunda toʻlovlar kam taʼminlangan oilaga kelgusi oylarda toʻlanishi lozim boʻlgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablagʻlar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan soʻng qayta amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni toʻxtatish (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugagan holatlar bundan mustasno) “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi bilan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oʻrtasidagi toʻlovlar toʻxtatilishi yoki miqdori oʻzgarishi yuzasidan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorini va muddatini belgilash jarayonida texnik sabablarga koʻra ortiqcha toʻlovlar vujudga kelganda, ushbu ortiqcha toʻlovlar, birinchi navbatda, tegishli bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchilarga joriy va kelgusi oylar uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ortiqcha toʻlovni qaytarish uchun hisoblanadigan bir oylik bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablagʻlari yetarli boʻlmasa, qolgan ortiqcha toʻlovlar summasi kelgusi oylar uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablagʻlari hisobidan ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganligi yoki tugayotganligi sababli ortiqcha toʻlovni qoplash uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi yetarli boʻlmagan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlovlarning qoplanmagan summasi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi tomonidan oʻz xohishiga koʻra qoplanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchiga uning arizasiga muvofiq belgilangan tartibda unga takroran tayinlanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijasida ortiqcha toʻlov aniqlangan oydan boshlab 12 oy oʻtgandan soʻng ortiqcha toʻlovlarning qoplanmagan qismi sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorlaridan chegirmalar qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulining uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilaning muomalaga layoqatli aʼzosiga yoki qonuniy vakiliga toʻlanadi. Bunda oilaning muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili tegishli arizani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, mavjud boʻlganda — vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror nusxasini AT “Xalq banki”ning tegishli filialiga taqdim etishi orqali tayinlangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mahalliy budjet mablagʻlaridan moliyalashtirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xarajatlarning tegishli iqtisodiy tasniflagichi boʻyicha aks ettirgan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning har bir turi boʻyicha AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali)da alohida bank hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali) har oyning oxirgi kuniga qadar joriy oy uchun, shuningdek, yil boshidan amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar budjetga qaytarilishi haqida elektron maʼlumotlarni bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar boʻyicha “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tuman (shahar) moliya boʻlimi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi uchun mablagʻlarni Yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan toʻlov roʻyxat (vedomost)lari boʻyicha tayinlangan summalar doirasida mahalliy budjet daromadi tushumidan kelib chiqib, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlashga oyning 4-sanasidan boshlab, biroq toʻlov amalga oshiriladigan oyning 25-sanasidan kechikmay AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaragʻiga alohida toʻlov topshiriqnomalari bilan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar Yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi boʻyicha AT “Xalq banki” boʻlimlari (filiallari) koʻrsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash miqdori bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ajratiladigan mablagʻlar doirasida AT “Xalq banki” tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari tumanlar (shaharlar) oʻrtasida har bir tuman (shahar) hududida yashaydigan kam taʼminlangan oilalar soni hamda tuman(shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlar uchun ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilishi (foydalanilishi) darajasi hisobga olingan holda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Joriy oy mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va AT “Xalq banki”ning boʻlimlari (filiallari)ning maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar ushbu Nizomning 36-bandiga muvofiq kelgusida toʻlash uchun tegishli mahalliy budjet hisobiga qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga tegishli axborot avtomatlashtirilgan rejimda faqat “Yagona reyestr” ATdan olinadigan va tahlil qilinadigan maxfiy axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti va Pensiya jamgʻarmasining ichki audit xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasidagi maʼlumotlar almashinuvi jarayonida texnik nosozliklar va uzilishlar yuzaga kelgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi alohida axborot tizimlaridagi maʼlumot almashinuvini tegishli tizimlar toʻlaqonli qayta ishga tushgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatish hamda oilaning kam taʼminlanganligini avtomatik tarzda aniqlash algoritmiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Quyidagilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila tarkibi, yashash joyining oʻzgarishi va oilaning chorva mollari va parrandalari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oʻz vaqtida xabardor qilish boʻyicha — ariza beruvchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish boʻyicha — tuman (shahar) moliya boʻlimi rahbariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash boʻyicha arizalarni “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda va oʻz vaqtida kiritish boʻyicha — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi rahbariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraqlardagi mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash hamda oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlarni tegishli mahalliy budjetga oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish boʻyicha — tuman (shahar) AT “Xalq banki” boʻlimi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Yagona interaktiv
‎ davlat xizmatlari
‎portali logotipining
‎tasviri

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat gerbining
‎tasviri

Davlat organining nomi

№ ABC-123456789-DEF
‎Hujjat yaratilgan sana: ___________________ KK.OO.YYYY

Kimga berilgan: ______________________________ Oluvchining F.I.O
‎ Oluvchining identifikatsiya raqami: _____________ PINFL

MAʼLUMOTNOMA

Fuqaro ___________________________ning oilasi haqiqatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan.
Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilaning tarkibi:

T/r

F.I.O

Tugʻilgan sanasi (kun/oy/yil)

Jinsi (ayol/erkak)

Pasport
‎(ID karta) maʼlumotlari (seriya/raqami) JSHSHIR

Oila aʼzosining maqomi
(ariza beruvchiga nisbatan)

Fuqaro oilasi arizasining raqami: ____________.

Fuqaroning yashash manzili: _________________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar), ____________ tumani (shahri), ___________ (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi), ___uy, ___xonadon.

Oilasi kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oy/yil: ____________.

Ushbu maʼlumotnoma fuqaro ___________________________ning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab oʻn ikki oy davomida, yaʼni ___/20___ (oy/yil) yilgacha amal qiladi.

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

2. Maʼlumotnoma olish uchun elektron soʻrov yuboradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

1. Soʻrov kelib tushgandan keyin “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimidan zarur maʼlumotlar kelib tushadi.

2. QR-kod (matrik shtrix — kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

3. Maʼlumotnoma ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.

Avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yozma ariza beradi.

Xohishiga koʻra, biroq joriy oyning 16-sanasiga qadar

2-bosqich

Fuqarolar-ning oʻzini oʻzi boshqarish organi

Ariza beruvchining oila aʼzolari tarkibi, maqomini aniqlaydi.

2 ish kuni mobaynida, biroq joriy oyning 18-sanasiga qadar

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza va toʻliq toʻplamdagi hujjatlarni taqdim etadi.

Har 5 kunda, biroq joriy oyning 19-sanasiga qadar

3-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritadi.

Har kuni, biroq joriy oyning 26-sanasiga qadar

4-bosqich

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi

1. Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga solishtiriladi.

2. Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

3. Tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, arizalar keyingi oyda qayta koʻrib chiqish uchun (kutish roʻyxatlariga) oʻtkaziladi.

4. Ariza beruvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga ijtimoiy nafaqa tayinlanganligi, tayinlash rad etilganligi yoki koʻrib chiqish uchun keyingi oyda (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

Ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar

5. Ijtimoiy nafaqalar toʻlash boʻyicha elektron hujjatlar shakllantiriladi va AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali)ga yuboriladi.

Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasiga qadar

5-bosqich

Moliya boʻlimi

Ijtimoiy nafaqalar toʻlash uchun mablagʻlarni AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)ning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.

Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasidan 25-sanasiga qadar

6-bosqich

AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)

1. Ijtimoiy nafaqa oluvchilarga toʻlovlarni amalga oshiradi.

Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan 27-sanasiga qadar

2. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga ijtimoiy nafaqa toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.

3. Toʻlanmagan mablagʻlarni mahalliy budjetga qaytaradi va tuman (shahar) moliya boʻlimlariga maʼlumot taqdim etadi.

Toʻlov amalga oshirilgan oydankeyingi oyning 2-sanasiga qadar

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining

____________ _________ tuman (shahar)

(respublika, viloyat, shahar)

boʻlimi boshligʻiga

Quyidagi manzilda yashaydigan fuqaro
Mahalla __________________
koʻcha (kvartal) __________________
Uy __________________
Kvartira __________________
_______________________tomonidan

(ariza beruvchining F.I.O)

ARIZA

Sizdan mening oilamga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy nafaqa (kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa yoki kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam) tayinlashingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:

 pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
 vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi.
Boshqa hujjatlar:________________________________

Arizani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi xabarni quyida kelitirilgan telefon raqamiga: +998_______________ yoki elektron pochta __________________ga yuborishingizni soʻrayman.

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oila tarkibi (bola tugʻilganligi, vafot etganligi yoki boshqa holatlar), yashash joyim oʻzgarganligi va nafaqa (moddiy yordam) miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar yoki oʻzgarishlar sodir boʻlganda oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini kafolatlayman.

Mening va oila aʼzolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga rozilik beraman.

Murojaat qiluvchining imzosi: ________________
Sana: 20 ___ y “___” ___________
Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim
________________________

‎‎(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎____________________________________

(ariza beruvchining F.I.O)

Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari:

T/r

Chorva mollari va parrandalar turlari

Soni
‎ (bosh, dona)

1.‎‎

Buqa va sigirlar

2.

Yosh qoramollar

3.

Ot va tuyalar

4.

Katta yoshdagi choʻchqalar

5.

Qoʻylar

6.

Katta yoshdagi parrandalar

7.

Yosh parrandalar

8.

Boshqalar ______ (toʻgʻri koʻrsatilishi kerak)

9.

....
Men, _________________________________________:

(F.I.O toʻliq koʻrsatiladi)

Xoʻjaligimizda mavjud chorva mollari va parrandalari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman.

Ariza beruvchining imzosi: _________________________
Sana: 20___ y “____” __________
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3b-ILOVA

‎Markaziy banki va tijorat
‎banklari rahbarlariga

Quyidagi manzilda yashaydigan fuqaro:

Mahalla _____________
koʻcha (kvartal) _____________
uy _____________
kvartira _____________

ARIZA

20____ yil ___________ holatiga koʻra, mening yoki oila aʼzolarim nomiga ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiq mablagʻlar va ularga hisoblangan foiz daromadlari hamda ariza berilgan sanadan oldingi uch oy mobaynida mening yoki oila aʼzolarim nomiga olingan pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etishingizni soʻraymiz.

Ushbu ariza bilan men va oila aʼzolarim tanishib, yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning taqdim etilishiga rozilik berganimizni tasdiqlab imzo chekmoqdamiz.

Ariza beruvchi

_________

_______________

(F.I.O)

20__ y “__” ______.

Oila aʼzosi

_________

________________

(F.I.O)

20__ y “__” ______

Oila aʼzosi

_________

________________

(F.I.O)

20__ y “__” ______

Oila aʼzosi

_________

_______________

(F.I.O)

20__ y “__” ______

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oila aʼzosiga – ota-ona, turmush oʻrtogʻi va ariza beruvchi bilan birga yashovchi oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yosh va undan katta yoshli farzandlari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi va uning oila tarkibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oila aʼzolarining F.I.O
(pasport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga qatʼiy amal qilgan holda)

Qarindoshlik darajasi
(*
kod koʻrsatiladi)

Tugʻilgan sanasi

(kun/oy/yil)

Pasport yoki tugʻilganlik guvohnomasi** seriyasiva raqami

(shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar)

Har bir oila

aʼzosining maqomi

(***kod koʻrsatiladi)

Ariza beruvchining oila aʼzolari

Izoh. Oila aʼzolarining maqomi idoralararo axborot almashinuvi orqali olingan hollarda, aynan elektron maʼlumotlar inobatga olinadi.

* Qarindoshlik darajasi kodlanishi: 01-er; 02-xotin; 03-qiz/oʻgʻil; 04-ota/ona; 05-opa/singil, aka/uka.

** Tugʻilganlik guvohnomasining qayd raqami koʻrsatiladi.

*** Maqom turlari kodlanishi:

06 — “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi;

07 — chet eldagi oliy taʼlim muassasasi talabasi (oʻqishning faqat kunduzgi shakli boʻlganida belgilanadi);

08 — kasb-hunar kolleji, texnikum yoki akademik litsey oʻquvchisi (oʻqishning faqat kunduzgi shakli boʻlganda belgilanadi);

09 — chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashi sababli oilada boʻlmagan shaxs;

10 — harbiy taʼlim muassasasida taʼlim olishi sababli oilada boʻlmagan shaxs;

11 — xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi sababli oilada boʻlmagan shaxs.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi

________________

___________________

(imzo va muhr)

(F.I.O)

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi

________________

___________________

(imzo)

(F.I.O)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi _______________tuman (shahar) boʻlimiga ______________________fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan taqdim etiladigan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa yoki moddiy yordam tayinlashni soʻrab murojaat etgan ariza beruvchilarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ariza beruvchining F.I.O

Ariza berilgan sana

1.

2.

3.

4.

5.

Topshirdi:
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi

_______

______________

(imzo, muhr)

(F.I.O)

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi

_______

______________

(imzo, muhr)

(F.I.O)

Qabul qildi:
Pensiya jamgʻarmasi _____________ tuman (shahar)boʻlimining masʼul xodimi

_______

______________

(imzo, muhr)

(F.I.O)

20___ yil “___” _________
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martlagi 122-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 12-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, “Yagona reyestr” AT Pensiya jamgʻarmasi foydalanuvchisi hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Talab etiladigan maʼlumotlar

I. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar boʻyicha

1.

Moliya vazirligi

1. Mahalliy budjetda va boshqa manbalarda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning rejasi toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga toʻlangan stipendiyalar.

3. Qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

4. Jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun beriladigan bir martalik nafaqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

5. Kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

2.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1. Mehnat organlariga murojaat qiluvchilar (ishsiz, ish izlovchi, ishsizlik nafaqasi va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Jamoat ishlarida qatnashganlar va ularga toʻlangan oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Fuqarolarga vazirlik tizimidagi jamgʻarmalar tomonidan berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

4. Tashkillashtirilgan holda chet elga vaqtincha ishga yuborilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

3.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Bepul tibbiy xizmatlar olish uchun berilgan orderlar.

4.

Ichki ishlar vazirligi

1. Jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan avtotransport vositasi (ishlab chiqarilgan sana, turi, markasi, texnik holati va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Fuqarolarga berilgan pasportlar toʻgʻrisida maʼlumot.

4. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan yashash guvohnomalari boʻyicha maʼlumot.

5.

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati, shu jumladan, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot.

6.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

2. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (ota-onalar toʻlovi boʻyicha imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.

7.

Xalq taʼlimi vazirligi

1. Vasiylikka va homiylikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

2. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (bepul qishki kiyim-bosh, darsliklar toʻplami, ota-onalar toʻlovida imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

8.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi**

Talaba (tinglovchi)lar (taʼlim tashkiloti, oʻqish shakli, oʻqish turi, taʼlim kursi, yoʻnalishi va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

9.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (ID-raqamlari, nomlanishi, chegaralari, koʻchalari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

10.

Transport vazirligi

1. Fuqarolarning ayrim toifalariga transport (shahar, havo, temir yoʻl)da imtiyozli yurish boʻyicha berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tomonidan litsenziyalar berilgan avtotransport vositalari va ularning egalari toʻgʻrisida maʼlumot.

11.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

12.

Davlat soliq qoʻmitasi

1. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan daromadlar.

2. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi va toʻlangan qatʼiy soliq summasi.

3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va toʻlangan ijtimoiy soliq toʻgʻrisida maʼlumot.

4. Korxonalarning taʼsischilari va taʼsis etilgan korxonaning ustav fondidagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

13.

Kadastr agentligi

1. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Turar joyning yashash maydoni hamda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaliklarining maydoni.

14.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi***

1. Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar va ularga toʻlangan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj 80 yoshga toʻlgan keksalarni yoki I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilayotganlar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.

15.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1. Oila aʼzolarining fuqarolik holati toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Oila tarkibi boʻyicha maʼlumotlar.

3. Qayd etilgan fuqarolik holatlari (tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi, vafot etganlik va boshqalar) toʻgʻrisidagi shu jumladan, chet elda qayd etilgan holatlar boʻyicha maʼlumotlar.

16.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Yakka-yolgʻiz shaxslarga ajratilgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Bolalar uyi, “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylarida tarbiyalanayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.

17.

Markaziy bank

1. Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Olingan pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.

18.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumot.

19.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga biriktirilgan JSHSHIRlar toʻgʻrisida maʼlumot.

II. Boshqa tashkilotlar boʻyicha

20.

AT “Xalq banki”

1. Toʻlangan (toʻlanmagan) bolalar nafaqasi, moddiy yordam, toʻlanmasdan budjetga qaytarilgan mablagʻlar hamda hisobvaraqlardagi qoldiq mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Yangi ariza beruvchilarga va amaldagi nafaqa oluvchilar nomiga ochilgan plastik kartalar toʻgʻrisida.

3. Nafaqa va moddiy yordam uchun moliyalashtirilgan, toʻlangan va toʻlanmasdan tegishli mahalliy budjetga qaytarilgan mablagʻlar miqdorlari va nafaqa oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumot.

21.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi

1. Aholining tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi (hosildorlik darajasi (ball-boniteti), maydoni) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2. Fuqarolarning yirik va mayda shoxli chorva mollari (shu jumladan, parrandalari) toʻgʻrisida maʼlumot.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish dasturiy kompleks va maʼlumotlar bazasi tuzilmasiga aralashish huquqisiz JSHSHIRga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar. ijtimoiy nafaqalar kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 01.05.2024-y., 09/24/253/0314-son, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)