Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish, narxlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-mayga qadar muddatda ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar, istisno tariqasida, bojxona bojidan ozod qilinsin.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2022-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foizlik stavkada ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 10-oktabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-oktabr,
627-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 1-mayga qadar bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Tovar nomi |
TIF TN kodi |
|
1. |
Bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan) |
0803 |
|
2. |
Yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya |
0804 |
|
3. |
Yangi yoki quritilgan sitrus mevalar |
0805 |
|
4. |
Yangi papayya |
0807 20 000 0 |
|
5. |
Yangi olma, nok va behi |
0808 |
|
6. |
Kivi |
0810 50 000 0 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 09/21/627/0975-son; 21.06.2024-y., 09/24/344/0435-son)