Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-752-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-752-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-sentabr,
1338-IV-son