06.10.2021 yildagi PF-6319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarini yanada ragʻbatlantirish va yer qaʼridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalarini keng jalb qilgan holda foydali qazilma konlarini sanoat usulida oʻzlashtirish, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlarini ragʻbatlantirish hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega boʻlgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar obyektlari boʻyicha geologik oʻrganish yoki avval oʻrganilgan yer qaʼri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi oʻrnatiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuv summasi yer qaʼridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2022-yil 1-yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusini hamda foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonusni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladigan, geologik oʻrganishlar uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya toʻlovi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) geologik oʻrganishlar uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya toʻlovi quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — viloyat mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilardan ozod etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish davrida geologik qidiruvni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maxsus texnikalarni vaqtincha olib kirishda davriy bojxona toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va maxsus texnikalarni import qilishda bojxona bojidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida uglevodorod konlarini aniqlash va qidirishni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2598-son Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, biroq ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tabiiy gazni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi uch oy muddatda tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilariga ayrim soliq turlari boʻyicha oshirilgan soliq stavkalarini taklif qilish huquqini bergan holda, tanlov savdolarini oʻtkazish va tanlov savdolariga qoʻyilayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqining boshlangʻich qiymatini aniqlashni inobatga olib, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsat berish tartibini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 1-yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz boʻyicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytirish. Bunda uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (agar 2021-yil 1-sentabrga qadar kuchga kirgan bitim va shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) doirasida qazib olishni amalga oshiruvchi davlat ulushiga ega korxonalar uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning oshirilgan stavkalari belgilanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanuvchilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi soligʻini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkani qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish. Bunda, 2021-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblashda soliq bazasi ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bogʻliq xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renta daromadi soligʻini toʻlovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida mazkur Farmondan kelib chiqadigan tartiblarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6319-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 06/21/6319/0938-son)