Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI FAOLIYATNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-sentabrdagi PF-3135-son Farmoniga muvofiq va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga berilsin.
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bir oy muddatda 2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturini amalga oshirish uchun “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi va “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ushbu quvvatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etish yoʻli bilan foydalanish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Oripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-sentabr,
336-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)