30.09.2021 yildagi O‘RQ-718-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinni oʻtagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga oʻtkaziladilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari boʻyicha tayyorgarlik oʻquv dasturidagi majburiy fan boʻlib, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik oʻqituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab oʻtiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 15-moddaning birinchi qismidagi “umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasasidagi oxirgi oʻquv yilining oktyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “tegishli komissiyalar” degan soʻzlar “fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20-modda. Chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlarida — harbiy-tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi (bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, sogʻligʻining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun — mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) quyidagi mazmundagi 201 va 202-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“201-modda. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning, hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda, ularning butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga toʻgʻri tayinlanganligiga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qoʻshin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni yigʻish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni oʻtkazish chogʻida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy tibbiy komissiyalarning qarorlaridan norozi boʻlgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish, shuningdek ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi boʻyicha tekshiruv oʻtkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning hisob kartalariga shifokor-mutaxassislar tomonidan kiritilgan yozuvlar va xulosalarning toʻgʻriligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat kengashi raisi bilan birgalikda chaqiriluvchilarni qoʻshimcha tekshiruv va davolashga yuborish, shuningdek ularning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtishni davom ettirish uchun harbiy-tibbiy komissiyaga qaytib kelishlari ustidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilar sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisida yakuniy tibbiy xulosa chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy komissiyalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni butlash yakunlariga koʻra tibbiy komissiyalar ishi natijalarini umumlashtirish, tegishli hisobotni tayyorlash va belgilangan tartibda Rahbariyat kengashi raisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butlash komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat oʻtkazish, shuningdek ular sogʻligʻining holatini, jismoniy tayyorgarligini, fikrlash qobiliyatini va boshqa sifatlarini inobatga olgan holda, qoʻshin turlariga tayinlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toifa va cheklanish darajasi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va chaqiriluvchilarning yigʻma jildlarida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligi va xolisligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni yigʻish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni oʻtkazishda joylardagi tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning, ular ota-onalarining chaqiruvga oid murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni yigʻish, muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda oʻtkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan chaqiriluvchilar toʻgʻrisida axborot yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni qoʻshimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning tibbiy koʻrikdan oʻtishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga qaytib kelishi ustidan nazoratni oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilar sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash va mazkur hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qoʻshin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qoʻshin turlariga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish toʻgʻrisida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yetti yoshga toʻlganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatiga koʻra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga oʻtkazish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xulosasi, ularning maʼnaviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini oʻrganish natijalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qoʻshinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy koʻrik natijalaridan va chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy koʻriklardan oʻtkazishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning va hududiy tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyasining” degan soʻzlar “hududiy komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan chaqiriluvchilar oʻz roziligi va ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “Umumtaʼlim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 38-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari” degan soʻzlar “hududiy komissiyalar va tuman (shahar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 46-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining” degan soʻzlar “hududiy komissiyalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) quyidagi mazmundagi VIII1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VIII1. Harbiy xizmatchilarning, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining (tinglovchilarining), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-modda. Harbiy xizmatchilarni, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini (tinglovchilarini), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslarni moddiy javobgarlikka tortish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chogʻida harbiy mol-mulkka (Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy obyektlarga, binolar va inshootlarga, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, jangovar va boshqa texnika, oʻzga moddiy-texnik vositalar va pul mablagʻlariga (qimmatliklarga) yetkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar, agar zarar komandirning (boshliqning) buyrugʻini bajarish yoxud asosli xizmat yoki xoʻjalik tavakkalchiligi yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida yetkazilganda moddiy javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarmayotgan paytda moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482-modda. Toʻliq moddiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar oʻz aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yoʻl qoʻygan, behuda sarflagan, yoʻqotgan, qasddan yoʻq qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof ravishda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qatʼi nazar, moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa maishiy-roʻzgʻor buyumlarining va bunday buyumlar parchalarining talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq yoʻqotishlarida aybdor boʻlgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar oʻz aybi bilan vagonlarning, avtomobillarning va boshqa transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng miqdorda moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar oʻz aybi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar zararning oʻrni qonunchilikka muvofiq Qurolli Kuchlar tomonidan qoplangan boʻlsa, Qurolli Kuchlar tomonidan qilingan xarajatlarning oʻrnini davlatga qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatchilarni (ishchilarni) qonunga xilof ravishda ishdan boʻshatishda yoki boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan komandirlar (boshliqlar) majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarish vaqti uchun ortiqcha haq toʻlanishi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikni buzganlik yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi komandirning (boshliqning) yoki sudning xizmatchini (ishchini) ishga tiklash toʻgʻrisidagi qarorini bajarishni asossiz ravishda kechiktirganlik uchun yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini davlatga qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-modda. Cheklangan moddiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul taʼminoti maoshidan ortiq boʻlmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy mol-mulkning talon-toroj qilinishi, kamomadi, yoʻq qilinishi, shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar koʻrmaganlik zarar yetkazilishiga sabab boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy zarar (moddiy va pul mablagʻlarining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi, kamomadi, behuda sarflanganligi, yoʻqotilganligi, yoʻq qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan boʻlsa, komandir (boshliq) tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi oʻtkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar moddiy zararning oʻrnini harbiy xizmatni (yigʻinlarni) oʻtash davrida yoki rezervga (zaxiraga) boʻshatilgan yoxud isteʼfoga chiqarilgandan keyin ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qoplashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485-modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) boʻshatilganligidan yoki isteʼfoga chiqarilganligidan qatʼi nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan eʼtiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 50-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻsmirlarni chaqiruv uchastkasida qayd etish mudofaa ishlari organlari huzuridagi chaqiruv komissiyalari va tibbiy komissiyalar” degan soʻzlar “Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-718-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)