Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3223-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3 va 4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3223, 2020-yil 28-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 10/20/3223/0237-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-sentabr,
29-son
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-sentabr,
38-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/3223-1/0914-son)