14.09.2021 yildagi 1337-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, soʻnggi yillarda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgina soʻnggi ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga aloqador oʻndan ortiq hujjatlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyaga asosan, jamiyatda huquqiy madaniyatni monitoring qilish va baholash tizimi joriy etildi. Aholi huquqiy savodxonlik darajasining minimal talablari ishlab chiqildi. Fuqaro, davlat hamda jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatning saqlanishini taʼminlash borasida yangicha yondashuvlar paydo boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va yoshlar ongiga ilk huquqiy tushunchalarni hamda odob-axloq qoidalarini izchil singdirib borish, huquqiy taʼlim-tarbiyani uzviy va tizimli olib borish yoʻnalishida yangi loyihalar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek fuqarolarning huquqiy maslahatga boʻlgan ehtiyojini masofaviy tarzda qanoatlantirish maqsadida @huquqiy_maslahatbot, @notarius, @davxizmataloqa_bot kabi telegram botlari ochilib, ular orqali fuqarolarning masofadan turib yoʻllangan savollariga tushuntirishlar va maslahatlar berib borilmoqda. Birgina @huquqiy_maslahatbot boti orqali shu kunga qadar fuqarolarning 8 mingdan ortiq savollariga tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining aholining huquqiy madaniyatini oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini yetkazishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilib, joriy yilning oʻzida 220 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar statistikasi sohalar kesimida tahlil qilinib, murojaatlarda eng koʻp koʻtarilgan huquqiy masalalar (nafaqa, uy-joy, kredit va hokazo) boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda targʻibot tadbirlarini amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng koʻp berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan masʼul davlat organlari mutaxassislari bilan birgalikda 200 dan ortiq maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, internetdagi YouTube ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek “Saylov — 2021: oʻz kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida saylovchilarning siyosiy-huquqiy, shu jumladan saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi. Shu maqsadda hududlarda adliya organlari va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda 14 ta hududiy saylov targʻiboti guruhi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshchiligida esa 200 dan ortiq kichik huquqiy targʻibot guruhi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining 2021-yil yarim yilligidagi mazkur sohaga oid ishlari holati Adliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, 110 dan ortiq muhim qonunchilik hujjatlari boʻyicha targʻibot materiallari toʻplami tayyorlandi hamda davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tarbiyani, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga sohada qator masalalar hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni baholashda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning huquqiy savodxonlikni oshirish borasida amalga oshirgan ishlari adliya organlari tomonidan faqat miqdor va koʻlam nuqtai nazaridan tahlil qilinmoqda. Bunda amalga oshirilayotgan ishlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda qanday samara berayotganligini baholab borishning yaxlit tizimi joriy qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganish va baholash ishlari “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari tizimini yaratish, bunda umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻquvchilari uchun huquqiy bilimlarni tushunarli tarzda hamda koʻrgazmali asosda oʻrgatishga qaratilgan oʻquv qoʻllanmalarini, taʼlim muassasalari uchun huquq fanlari boʻyicha oʻquv darsliklari va qoʻllanmalarini tayyorlash ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyotda fuqarolar oʻz buzilgan huquqlarini tiklash uchun koʻp hollarda vakolatli boʻlmagan idoralarga murojaat qilayotganligi ham aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish ishlari yetarli emasligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatish masalasi hanuzgacha alohida qonun bilan tartibga solinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarining aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan faoliyatini yanada samarali tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasidagi dastur va “yoʻl xaritalari”dagi vazifalar ijrosini tanqidiy tahlil qilish hamda tegishli tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng koʻp berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari boʻyicha masʼul davlat organlari mutaxassislari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlardagi huquqiy videotekani yanada boyitish maqsadida maxsus videoroliklar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish maqsadida televideniye hamda radio orqali tizimli ravishda chiqishlar qilish, tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishga oid faoliyatni samarali tashkil etish, ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini infografika, taqdimot, slayd, tahliliy materiallar tayyorlash yoʻli bilan “paket” tamoyili asosida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat qilish holatlarini tahlil qilish, tahlil natijalari yuzasidan fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishi borasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar koʻpayishiga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advice.uz huquqiy portalini aholi uchun zarur maʼlumotlar bilan yanada boyitish, shuningdek sohaga oid yangi qonunchilik hujjati qabul qilinganda portaldagi maʼlumotlarni tezkorlik bilan yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan onlayn oʻquv-kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Parlament kutubxonasi bilan huquqiy axborotni va nashrlarni almashib borish borasida hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, bu borada tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga oʻz vaqtida kiritish choralarini koʻrish soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha joriy yilning 15-dekabriga qadar axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari boʻyicha huquqiy targʻibotni amalga oshirish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish, shuningdek aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar ustidan muntazam ravishda parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli ravishda tahlil qilsin, ushbu masala boʻyicha tegishli rahbarlarning axboroti eshitib borilishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1337-IV-son