12.09.1997 yildagi 436-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “TASVIRIY OYINA” IJODIY UYUSHMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi islohotlar jarayonini keng ommaga taʼsirchan va jozibador shakllarda yetkazish, xalqning chinakam bunyodkorlik ishlarini, odamlar ongida, ruhiyatida, qiyofasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni tasviriy namoyon etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Milliy axborot agentligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, respublika Badiiy akademiyasi va Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijodiy uyushma Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtganligi eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi, viloyat va tuman hokimliklari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilot va tijorat korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar va buyurtmalar asosida tashkil qilinishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining mahalliy hokimliklar buyurtmasi asosida shahar, tuman markazlari, aholi gavjum istiqomat joylarida Oʻzbekistonning tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik yoʻlida olib borilayotgan yaratuvchilik ishlarini, mamlakatimizda yangilanish va islohotlar jarayonini namoyish qiluvchi ijobiy oʻzgarishlarning asl ijodkori — zamondoshlarimiz siymosini yorqin aks ettiruvchi koʻrgazmalar tashkil etishi hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy uyushma faoliyatiga uning asosiy maqsadi boʻlmish mustaqilligimizni mustahkamlash, erkin hayot qurish yoʻlida vatandoshlarimizning buyuk bunyodkorlik ishlarini ifodalovchi, ona Vatanga muhabbat va maʼnaviy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalovchi shiorlar, plakat va pannolar bilan bezatish vazifasi ham kirishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallayotganini, azaliy va umumbashariy qadriyatlar qaror topayotganini, kishilar ruhiyatidagi oʻzgarishlarni ommaviy axborot vositalarida yorqin va ishonarli tasvirlash yuzasidan yozuvchilar, jurnalistlar, rassomlar, dizayn ustalari, fotosuratchilar, keng ijodkorlar doirasida “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovini har yili muntazam oʻtkazishi va uning Mustaqillik bayrami arafasida yakunlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Milliy axborot agentligi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, respublika Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi va boshqa tegishli idoralar “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi ishini tashkil etishga yetakchi ijodkorlar va malakali mutaxassislarni jalb etishda koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va uning joylardagi boʻlimlari samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ijodiy uyushma bilan kelishgan holda buyurtmalarga mos viloyat, shahar va tuman markazlaridan koʻrgazmalar uchun joy ajratsinlar va ularni jihozlash, dizayn, zaruriy ashyolar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviareklama byurosi, “Toshshaharnuri” korxonasining “Publiko-lor” xizmati, Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining reklama byurolari oʻz ishlarini “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan muvofiqlashtirib olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uyushmaning tashkiliy tuzilmasi hamda uyushma boshqaruvi apparati xodimlarining cheklangan soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq boʻlishiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasiga Vazirlar Mahkamasi zaxirasidan 25 million soʻm ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy uyushma oʻzining asosiy faoliyati doirasidagi buyurtmalari boʻyicha norezidentlar bilan hisob-kitob qilishi uchun moʻljallangan milliy soʻmni erkin muomaladagi valyutalarga ayirboshlash birinchi navbatda hal etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijodiy uyushmaga, uning joylardagi boʻlimlariga uyushma Ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga qatʼiy muvofiq holda ishlab chiqarish — xoʻjalik, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy uyushma, uning boʻlimlari va ularning tasarrufidagi korxonalarning Ustav doirasida faoliyat koʻrsatishdan olgan daromadlari soliqlardan, bojxona boji hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa toʻlovlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uyushmani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun ijodiy uyushmaning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ijodiy uyushma boshqaruvini Navoiy koʻchasidagi 30-uyga joylashtirish masalasini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi ijodiy uyushmani shahar va hukumat telefonlari bilan, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi ikkita “Damas” (yuk mashinasi) va ikkita “Neksiya” avtomashinalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijodiy uyushma boshqaruvi raisi mehnatga haq toʻlash, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimov va Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-sentabrdagi 436-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-sentabrdagi 436-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv apparati xodimlari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais‎

—1‎

Rais oʻrinbosari‎

—2‎

Boʻlim boshliqlari‎

—2‎

Moliya-xoʻjalik boshqarmasi boshligʻi‎

—1‎‎

Konsultantlar‎

—3‎

Referentlar‎

—5‎

Hisobchi‎

—1‎‎

Jami‎

—15‎