05.09.2002 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYA IQTISODIYOT UNIVERSITETI” OLIY KASB TAʼLIMI FEDERAL DAVLAT BUDJETI TAʼLIM MUASSASASINING TOSHKENT SHAHRIDAGI FILIALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida iqtidorli yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish va ulardan samarali foydalanish, taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy taʼlim Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy kasb taʼlimi sohasida taʼlim faoliyatini yuritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash filialning asosiy vazifasi hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy kasb taʼlimi Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlimning barcha bosqichida bakalavriat va magistratura boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, universitetning oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filialning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazani jihozlash universitetning oʻz mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlar, homiylar ajratadigan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filialga abituriyentlar qabul qilish, shuningdek filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish universitet tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun filialga har yili qabul qilinuvchilar 150 kishini, magistrlar tayyorlash dasturi boʻyicha esa — 75 kishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, filialning bitiruvchilariga universitetning Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitet bilan birgalikda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatini belgilasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Universitet:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va oliy taʼlimning eng yangi yutuqlarini oʻquv jarayoniga doimiy ravishda joriy etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni oʻqitish uchun grantlar ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga filialning professor-oʻqituvchilari tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutaxassislar tayyorlash sifatini nazorat qilsin va filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Filialga Rossiyadan va xorijdan oʻqituvchilik va ilmiy ish uchun taklif etilgan professorlar va oʻqituvchilarning yashashi va transport xarajatlari (aviachiptalar bundan mustasno) uchun Oʻzbekiston fuqarolariga belgilangan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlashga ruxsat berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahridagi filial quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 49, 7-korpus.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-son