Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.09.2002 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHMONXONA BIZNESI VA XALQARO TURIZMNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri mehmonxonalarini 2003-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik majlisi qatnashchilarini qabul qilishga tayyorlash, shuningdek xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, mehmonxona sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekturizm” kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “Doʻstlik”, “Toshkent”, “Rossiya” va “Chorsu” mehmonxona komplekslari, shuningdek Amir Temur koʻchasidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va bundan buyon foydalanish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Xorijiy sheriklar ushbu qoʻshma korxonalarning ustav fondlariga oʻz ulushlarini xorijiy va milliy valyutalardagi pul mablagʻlari bilan qoʻshadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilish loyihasining yakunlovchi bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasi bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha qoʻshma korxonalarning loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, loyihalar texnik-iqtisodiy asoslashda nazarda tutilgan manbalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish va qurish tugallangandan keyin keyinchalik mehmonxonalar binolarini bankka garovga qoʻygan holda yangidan tashkil etilgan qoʻshma korxonalar va ularning muassislarining likvidli mol-mulkini garovga qoʻyish bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarning xorijiy banklar oldidagi kafilligi va kafolati ostida mablagʻ bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasi natijalari boʻyicha xorijiy banklar bilan belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsinlar va mablagʻ bilan taʼminlashni oʻz mablagʻlari hisobiga yoki xorijiy banklarning mablagʻlarini koʻrsatib oʻtilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishga qayta moliyalash yoʻli bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarga mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishni 2003-yil 1-yanvargacha loyihalashtirish va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanishi bilan bir vaqtda ishchi chizmalar boʻyicha amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga mehmonxona komplekslarining mol-mulkini ustav fondiga ulush sifatida foydalanish uchun qoʻshma korxonalarga berish huquqini bersin, shuningdek garov shartnomalarini (ipoteka) rasmiylashtirish uchun tegishli ruxsatnomalar berilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasining garov mol-mulki davlat poshlinalari undirilmasdan qoʻshilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar notarial tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasi uch oy muddatda qoʻshma korxonalarning xorijiy muassislari bilan birgalikda menejmentni amalga oshirishga va mehmonxonalarni boshqarishga birinchi darajali xorijiy kompaniyalarni tanlov asosida jalb etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangidan tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar va “Otel Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish va qurish davrida foydalanishga tayyor holda qurish uchun tuzilgan kontraktlar doirasida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun olib kelinadigan materiallar va asbob-uskunalarga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni qaytarish davrida, biroq kredit shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq boʻlmagan davrda, daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan, qoʻshilgan qiymat soligʻidan, mulk soligʻidan, yer soligʻidan va ekologiya soligʻidan ozod qilinsin, soliq imtiyozlari berilishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar belgilangan tartibda toʻliq miqdorda mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashuvchi xorijiy banklar va sugʻurta agentliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromaddan olinadigan soliqlarni toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi koʻpmartali kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish ishlarini amalga oshirishda qatnashish uchun tuzilgan muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin, shuningdek muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb etiladigan mahalliy mutaxassislarning roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-yanvardagi 33-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy xodimlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar) oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son