Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3056-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/5-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3056, 2018-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 34-son, 699-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-sentabr,
1/8-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 10/21/3056-1/0878-son)