14.08.1997 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.01.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN ASOSIY OZIQ-OVQAT TURLARINI XARID QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasi uchun oziq-ovqat xarid qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblab aniqlangan ehtiyoj (miqdor bazasi, isteʼmol normasi va bozorning oʻrtacha maqbul narxi)dan kelib chiqqan holda navbatdagi yilga davlat ehtiyojlari uchun har bir oziq-ovqat turini xarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini belgilaydi hamda ularni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga, Milliy xavfsizlik xizmatiga “Oʻzdavzaxira”ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadi. Valyuta mablagʻlari faqat yetishmaydigan yoki respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni import boʻyicha xarid qilish uchun koʻzda tutiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasi uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish, qoida tariqasida, tanlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mahsulotlarni xarid qilish eng avvalo, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita shartnomalar boʻyicha, shuningdek ularning mahsulotini “Oʻzulgurjibirjasavdo” tizimining yarmarka va birja savdolarida sotib olish yoʻli bilan taʼminlanadi. Bunda kontraktlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (narx masalalari boʻyicha) yoki uning joylardagi organlari bilan kelishilgan holda tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import mahsulot xarid qilish davlat ehtiyojlari uchun import boʻyicha chetdan oziq-ovqat olib kelishni bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutgan holda, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning resurslar bilan taʼminlanmagan qismigina tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda davlat taʼminoti muassasalarini, maxsus isteʼmolchilarni va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi(1-ilovaga muvofiq);
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilning 1-sentabriga qadar, ushbu qarorning 1-bandi (ikkinchi xatboshi)ga muvofiq, davlat taʼminoti muassasalarining, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasining buyurtmalarini koʻrib chiqsin hamda davlat ehtiyojlari uchun 1998-yilga oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari shu yilning 25-avgustigacha boʻlgan muddatda amaldagi ulgurji va mayda ulgurji taʼminot-savdo tashkilotlari negizida xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalarini tashkil qilib, ular zimmasiga davlat taʼminoti muassasalari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish masalalarini yuklasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzulgurjibirjasavdo”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi va uning joylardagi filiallari tarkibida xoʻjalik hisobidagi maxsus boʻlinmalarni tashkil qilib, ularning zimmasiga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha birja va yarmarka savdolarini tashkil etish vazifalarini yuklasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha ularga qarashli boʻlgan hamda davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni taʼminlaydigan boʻlinmalar va firmalarga Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida va uning filiallarida brokerlik oʻrinlarini bepul bersin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼminotida boʻlgan muassasalarning ehtiyojlarini mumkin qadar toʻliq taʼminlash uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yarmarka va birja savdolariga keng koʻlamda jalb etish sharoitlarini yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati joriy yilning 1-oktabriga qadar muddatda ichki bozordan 1998-yilga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 20-avgustigacha boʻlgan muddatda vazirlik huzurida tender oʻtkazishni tashkil qiluvchi xoʻjalik hisobidagi maxsus boʻlinma sifatida tenderlar oʻtkazuvchi Agentlik (“Oʻzbektenderkonsalting”) tashkil qilsin va tenderlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish boʻyicha tender oʻtkazishga zarur shart-sharoitlarni taʼminlab, bunda mahsulot yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlab olish, kelib tushayotgan takliflarni ekspert yordamida baholash, xonalar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishini tashkil qilish, tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish kabi va boshqa ishlar oʻtkazilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, shu yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda, tasdiqlangan tartibga binoan, budjetdan ajratilgan limitlarga muvofiq 1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun ichki bozorda xarid qilinmay qolgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import boʻyicha xarid qilishga tender oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat koʻrsatilayotgan majmua tarkiblarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlanishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi rahbarlarining zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Tovarlar, ishlar va xizmatlarni davlat tomonidan xarid qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini 1997-yil 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. Hamidov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu tartib 1998-yilda davlat taʼminoti muassasalari va maxsus isteʼmolchilarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash prinsiplari va mexanizmlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Ushbu tartibda foydalaniladigan iboralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari — tovarlarni toʻliq yoki qisman davlat mablagʻlari hisobiga xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼminoti muassasalari — budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bolalar uylari, chaqaloq uylari, maktabgacha bolalar muassasalari, kunduzgi maktablar, maktab-internatlar, oliy oʻrta maxsus, hunar-texnika oʻquv yurtlari, budjet mablagʻlari bilan toʻliq yoki qisman taʼminlanadigan kasalxonalar, sanatoriylar, profilaktoriylar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish hajmini aniqlashda davlat taʼminoti muassasalari tarkibiga tegishli muassasalari balansda turadigan korxonalar bilan kelishuvga koʻra budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan idoraviy bolalar maktabgacha, oʻquv va davolash muassasalari kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus isteʼmolchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va budjet mablagʻlari hisobiga maxsus kontingentlarni taʼminlovchi ular tasarrufidagi tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi — belgilangan normativlarga muvofiq davlat zaxirasini shakllantirish uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari buyurtmachisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari — goʻsht va goʻsht mahsulotlari, mol yogʻi, choy, qand-shakar, oʻsimlik yogʻi, un, yorma, quruq sut, bolalar ovqatlari, kartoshka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish buyurtmachilari (bundan keyin buyurtmachilar deb ataladi) — Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahar savdo, xizmatlar koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (bundan keyin Departament deb ataladi), “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender — tovarlarni yetkazib beruvchilar takliflari tanlovi asosida xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BUYURTMANOMALAR BERISH VA BUDJET LIMITLARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI, MUDDATLARI, SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Moliya vazirligi davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqatlar xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashning cheklangan limitlarini turlarga koʻra, davlat taʼminoti tizimi har bir idorasi, maxsus isteʼmolchilar va “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boʻyicha, kontingent soni, isteʼmol normalari, oʻrtacha bozor narxidan kelib chiqib, shuningdek oldingi uch yil mobaynida foydalanilgan oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yilda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun zarur boʻlgan davlat mablagʻlari hajmlarini aniq isteʼmolchilar boʻyicha aniqlash maqsadida budjet buyurtmanomalarining maxsus shaklini joriy qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha yil choraklariga boʻlingan holdagi 1998-yil uchun budjet buyurtmanomalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalariga hamda Toshkent shahar savdo, xizmatlar koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamentiga va nusxasi tegishli vazirliklarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligiga umumlashtirilgan budjet buyurtmanomalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Maxsus isteʼmolchilar uchun budjet buyurtmanomalari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har bir oziq-ovqat turini xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashning cheklangan limitlarini, shu jumladan respublikada yetishmaydigan yoki ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni import boʻyicha xarid qilish uchun valyuta mablagʻlarini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha va Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali ichki isteʼmol bozorida xaridlarni koʻpaytirish hisobiga valyuta mablagʻlarini har yili qisqartirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati olingan budjet mablagʻlari limitlarini tegishli ravishda aniq isteʼmolchilarga, xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalariga hamda Departamentga, maxsus isteʼmolchilarning tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi tomonidan oʻzlariga ajratilgan mablagʻ bilan taʼminlashning cheklangan limitlari doirasida oziq-ovqat mollari xarid qilishni belgilangan tartibda tashkil etadilar. Koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash, xaridlarning belgilangan hajmlarda amalga oshirilishi hamda shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan shaxsan javob beradilar va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI XARID QILISH SHAKLLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. 1998-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun tovar yetkazib beruvchilarni tanlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka va birja savdolarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq va yopiq tender vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizdagi tovar ishlab chiqaruvchilarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan yoki yarmarka va birja savdolarida sotiladigan resurslari davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqatlar xarid qilishning ustuvor manbalari hisoblanadi. Import xaridlar faqat mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari resurslari bilan toʻliq yoki qisman taʼminlanmagan qism boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Xaridlar 1, 2 va 3-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI SHARTNOMALAR BOʻYICHA XARID QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar buyurtmachilar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar oʻrtasida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulot yuzasidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar shartlari (narxlar, yetkazib berish muddatlari hamda shartlari va shu kabilar)ni tomonlar mustaqil ravishda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar mahsulot yetkazib berishning aniq jadvali koʻrsatilgan holda tuziladi. Buyurtmachilar tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilarni tanlash tavsiya etilayotgan narxlar va mahsulot yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Maxsus xoʻjalik hisobidagi savdo firmalari va Toshkent shahar savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti mahalliy manbalar hisobiga oziq-ovqat resurslari bilan taʼminlash imkoni boʻlganda buyurtmachi huquqini bevosita davlat taʼminoti tashkilotlari va muassasalariga — isteʼmolchilarga, eng avvalo, qishloq joylardagi isteʼmolchilarga berishlari mumkin. Bunday hollarda tanlov oʻtkazish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Maxsus isteʼmolchilar va “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi bilan (narx masalalari boʻyicha) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarning loyihalari Moliya vazirligi bilan, xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalari va Departament bilan tuzilganlari esa — joylardagi moliya organlari bilan kelishib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI BIRJA VA YARMARKA SAVDOLARIDA SOTIB OLISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini birja va yarmarka savdolarida xarid qilish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tovar ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklardagi, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni birja va yarmarka savdolariga qoʻyishni xohlagan jismoniy shaxslardagi mavjud resurslar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini birja va yarmarka savdolarida xarid qilishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va uning joylardagi filiallari tarkibida xoʻjalik hisobidagi maxsus boʻlinmalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va uning filiallaridagi brokerlik oʻrinlari maxsus isteʼmolchilarga, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish maqsadida tekinga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda brokerlarni akkreditatsiya qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qarashli tashkilotlar boʻyicha ularning taqdimnomalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Oziq-ovqat mahsulotlarini savdoga qoʻyish uchun sotuvchilar yoki sotuvchi korxonalarning vakillari sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga egalik qilish huquqini yoki kontraktlar tuzish uchun vakolatni tasdiqlovchi, birinchi shaxs imzolagan, dumaloq muhr qoʻyilgan, zarur darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Birja savdolarida davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish ham naqd tovarlar boʻyicha, ham fyuchers bitishuvlari tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda (narx masalalari boʻyicha) maxsus isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalar loyihalari Moliya vazirligi bilan, xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalari va Departament bilan tuzilganlari esa — joylardagi moliya organlari bilan albatta kelishib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish boʻyicha fyuchers bitishuvlariga kontrakt rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun davomida kontrakt qiymatidan 15 foizli avansni albatta oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoida joriy qilinmaydi. Mazkur kontrakt boʻyicha toʻlov, shu jumladan, avans toʻlovlari kontraktda oldindan kelishilgan yetkazib berish jadvalini hisobga olgan holda odatdagi (nofyuchers) bitishuvlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini birja va yarmarka savdolarida xarid qilish boʻyicha bitishuvlarda vositachilik yigʻimi, birja savdosi qoidalariga muvofiq belgilangan miqdorlarda, mahsulot yetkazib beruvchilardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va uning joylardagi filiallari sotuvchilarda tovarlarning mavjudligini (yoki kelgusida ularni ishlab chiqarishni kafolatlovchi), shuningdek savdoga qoʻyiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar boʻlishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TENDER SHARTLARI BOʻYICHA XARID QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Tender respublikada kam hajmlarda ishlab chiqariladigan yoki umuman ishlab chiqarilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda oʻtkaziladi. Tenderda ishtirok etishga oldindan kelishilgan tender shartlarida mahsulot yetkazib berishda qatnashishni xohlovchi mahsulot yetkazib beruvchilar taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Kvalifikatsiyadan oldingi tanlovni va tender savdolarini oʻtkazishni tashkil etish uchun respublika darajasida Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tuziladi (keyingi oʻrinlarda Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi deb ataladi), u oʻz ish tartibini va tender oʻtkazish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Tender savdolarini oʻtkazishni amalda tashkil etishni amalga oshiruvchi asosiy agent boʻlib (mahsulot yetkazib beruvchilarni kvalifikatsiyadan oldingi tanlashni oʻtkazish, tushadigan takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishlarini tashkil etish, Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqalar) Tenderlar oʻtkazuvchi agentlik (“Oʻzbektenderkonsalting”) — “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi boʻlinma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. “Oʻzbektenderkonsalting” buyurtmachilarning Moliya vazirligi bilan kelishilgan buyurtmanomalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida savdolar oʻtkazilishi boshlanishiga qadar 20 kundan kechikmay asosiy oziq-ovqat tovarlarini xarid qilish uchun tender oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Oʻtkazish shakllariga koʻra tenderlar ochiq yoki yopiq (qatnashchilarning soni cheklangan) boʻlishi mumkin. Tenderlarni oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi qarorni Tenderlarni oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Maxsus isteʼmolchilar, davlat taʼminoti muassasalari va davlat zaxirasi uchun xarid qilinadigan mahsulotlarga eng foydali narxlarni shakllantirish maqsadida ularni import boʻyicha xarid qilish faqat Tenderlarni oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadigan yopiq tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq tender gʻolibi aniqlangandan soʻng buyurtmachiga kontrakt qiymatiga teng summada, keyinchalik belgilangan tartibda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilgan holda Moliya vazirligi kafolati ostida banklarning kreditlari hisobiga akkreditiv ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Mahsulot yetkazib beruvchilar oʻz malakalarini tasdiqlash uchun Tenderlarni oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga malakadan oldingi hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderga qatnashishga buyurtmanomalarni tayyorlash va taqdim etish yoʻriqnomasi, xarid qilish shartnomasi asosiy shartlarining qisqacha bayoni, mahsulot yetkazib beruvchilar taqdim etishlari kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati, shuningdek tender savdolarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar Tenderlarni oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tomonidan aniqlanadigan tariflar boʻyicha toʻlov asosida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdoda qatnashish xohishini bildirgan har qanday tashkilotga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Tender shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat tovarlari aniq turlarining muayyan hajmlarini xarid qilish toʻgʻrisidagi aniq ifodalangan niyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan oziq-ovqat tovarlari turkumini yetkazib berish muddatlari va miqdorlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beriladigan oziq-ovqat tovarlari uchun yetkazib berish shartlarini va toʻlov shartlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender shartlari oldindan kelishilgan boshqa shartlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.9. Tender Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderlarni oʻtkazish bilan bogʻliq kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.10. Tender natijalari boʻyicha imzolangan xarid qilish shartnomasi tomonlarning shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun sanksiyalar tarzidagi javobgarligini nazarda tutishi kerak. Shartnomalar boʻyicha kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Davlat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet buyurtmanomalarini ishlab chiqish va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet mablagʻlari limitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetkazib beriladigan resurslar manbalarini aniqlash va yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shartnoma shartlarini Moliya vazirligi yoki uning joylardagi organlari bilan kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnomalar boʻyicha tovarlar yetkazib berish va ularning haqini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun birja va yarmarka savdolarida xarid qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun birja va yarmarka savdolarida xarid qilish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet buyurtmanomalarini ishlab chiqish va taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet mablagʻlari limitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetkazib beriladigan resurslar manbalarini aniqlash va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida savdoda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida savdoga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shartnoma shartlarini Moliya vazirligi yoki uning joylardagi organlari bilan kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomalar boʻyicha tovarlar yetkazib berish va ularning haqini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun tender asosida xarid qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun tender asosida xarid qilish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet buyurtmanomalarini ishlab chiqish va taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet mablagʻlari limitlari, tender boʻyicha xarid qilishga buyurtmanoma berishni kelishib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmachilarning Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga murojaat qilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar xarid qilish yuzasidan tender oʻtkazilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahsulot yetkazib beruvchilarning savdoda qatnashish uchun tender buyurtmanomalari berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va mahsulot yetkazib beruvchilarni ularning buyurtmanomalari qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdolarni oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan maxsus isteʼmolchilar boʻlinmalari, xoʻjalik hisobidagi savdo firmalari va “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasining mahsulot yetkazib beruvchilar — savdo gʻoliblari bilan kontraktlar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo gʻoliblari bilan tuzilgan kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomalar boʻyicha tovarlar yetkazib berish (toʻlov soʻmlarda amalga oshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi kafolati bilan bank krediti hisobiga erkin muomaladagi valyutada akkreditiv ochish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovarlar uchun akkreditiv hisobidan haq toʻlash (erkin muomaladagi valyutada).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kreditni soʻmlarda qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy bankka Respublika valyuta birjasida soʻmlarni konvertatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.