1-modda. 26-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 2-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-490-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 666-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.