14.09.2021 yildagi PQ-5243-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarning huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor boʻlganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktabrga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun, ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatlarda toʻliq qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021-yil 15-sentabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarish va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilganda qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini yetti kun ichida qoplab berish tartibiga qatʼiy amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra qoplangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi asossizligi aniqlangan taqdirda, mazkur summa belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini, ularning vazifalari va kutilayotgan natijalarni, shuningdek, ularni joylashtirish joylarini belgilagan holda yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5243-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 07/21/5243/0870-son)