30.04.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida havo transporti toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar), 1994-yil 23-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida havo transporti toʻgʻrisidagi Bitimga (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb yuritiladi) quyidagi oʻzgartirishlar kiritishga kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning “SOLIQ VA BOShQA YIGʻIM VA BOJLARDAN OZOD QILISh” toʻgʻrisidagi 6-moddasi quyidagi tahrirda oʻzgartirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon yoki tayinlangan aviakorxona tomonidan xalqaro havo qatnovlarida foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek, ushbu kemada roʻyxatdagi doimiy asbob-uskunalar, yoqilgʻi va moylash mahsulotlari taʼminoti, bort zaxiralari (jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik va tamaki mahsulotlari), bunday havo kemalari, basharti ushbu asbob-uskunalar va taʼminotlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgan vaqtdan qaytib ketgunga qadar yoki ushbu hudud ustida amalga oshiriladigan parvozlar yoki parvozlarning maʼlum qismi davomida ishlatilguniga qadar havo kemasi ichida qolsa, barcha bojxona bojlari, nazorat yigʻimlari va boshqa toʻlovlar va soliqlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday soliqlar va bojlardan quyidagilar ham ozod qilinadi, koʻrsatilgan xizmat uchun olinadigan yigʻimlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Har qanday Ahdlashuvchi Tomon hududida uning maʼmuriyati belgilagan meʼyorlar doirasida olingan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo parvozlarni amalga oshiradigan havo kemasi ichida foydalanishga moʻljallangan zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Har qanday Ahdlashuvchi Tomon hududiga xalqaro havo parvozlarida foydalaniladigan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish yoki uni taʼmirlash uchun keltirilgan ehtiyot qismlar va doimiy asbob-uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi xalqaro havo parvozlarida foydalanadigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash taʼminotlari, hatto bu taʼminotlar havo kemasiga olingan Ahdlashuvchi Tomon hududining ustida amalga oshiriladigan parvozlar davomida ishlatilganda ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan oʻzining foydalanish ehtiyojlari uchun keltirilgan yoxud keltiriladigan xorijiy aviakorxona belgisiga ega boʻlgan reklama materiallari (kataloglar, preyskurantlar, tijorat broshyuralari, modellar, posterlar, broshyura va boshqalar), tashuv hujjatlari, bronlash va aloqa uchun moʻljallangan elektron asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, vakolatxonalarning ish faoliyatini va asbob-uskunalarini yuritish uchun mebel va jihozlar, bojxona qoidalariga asosan qayta olib chiqilgunga yoki boshqa koʻrsatmaga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan (a), (b), (s) va (d) kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan materiallar bojxona nazorati yoki tekshiruvi ostida boʻlishi talab qilinishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning “HAJM QOIDALARI” toʻgʻrisidagi 10-moddasi 4-bandi quyidagi tahrirda oʻzgartirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlagan aviakorxonalari amalga oshiradigan kelishilgan qatnovlar, umumiy hajm va tashuv huquqi birinchi navbatda Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan ushbu qatnovlar boshlanishidan avval oʻzaro belgilanadi. Ushbu hajm va qatnovlar miqdori vaqt-vaqti bilan qayd etilgan maʼmuriyatlar tomonidan koʻrib chiqilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning “TARIFLARNI BELGILASh” toʻgʻrisidagi 13-moddasi quyidagi tahrirda oʻzgartirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan oʻz hududi orqali amalga oshiriladigan xalqaro havo qatnovlari uchun belgilangan tariflar barcha tegishli omillarni, jumladan ekspluatatsiya xarajatlari, oqilona foyda va boshqa aviakorxonalarning tariflarini hisobga olgan holda oqilona darajada boʻlishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlarning quyidagi aralashuvlari chegaralanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asossiz kamsituvchi narxlar va amaliyotlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ustunlik holatini suiisteʼmol qilish tufayli asossiz yuqori yoki chegaralangan narxlardan isteʼmolchilarni himoya qilish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) aviakorxonalarni davlatning bevosita yoki bilvosita subsidiyasi yoki qoʻllab-quvvatlashi tufayli narxlarni sunʼiy pasaytirishdan himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlagan aviakorxonalari tarafidan belgilangan tariflar boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatiga tasdiqlash uchun taqdim etilishi talab etilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlagan aviakorxonasi(lari)ga alohida yoki boshqa aviakorxona(lar) bilan birgalikda bozor raqobatidagi oʻzining bozordagi ustunlik mavqeyini suiisteʼmol qilgan holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga nojoʻya taʼsir koʻrsatish orqali uning jiddiy zaiflashuvi yoki bunday raqobatchini yoʻnalishdan chetlatilishiga sabab boʻluvchi yoki boʻlishi mumkin boʻlgan tariflarning belgilanishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar tariflarni belgilash boʻyicha quyidagi amaliyotlarni chuqurroq tahlil qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy adolatsiz raqobat amaliyoti sifatida koʻrib chiqishga rozilik bildiradilar, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻnalishlar boʻyicha undiriladigan tarif va stavkalar jami miqdori tegishli xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday amaliyot vaqtincha emas, balki davomiy xaraktyerga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bunday amaliyot boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlagan aviakorxonalariga jiddiy iqtisodiy taʼsir etsa yoki jiddiy zarar yetkazadigan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻnalishda ustunlik holati suiisteʼmol qilinganini koʻrsatuvchi xatti-harakatlar bajarilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aviatsiya maʼmuriyatlaridan biri belgilangan yoki taklif etilgan tariflardan norozi boʻlgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻroviga binoan, aviatsiya maʼmuriyatlari mazkur masalani muzokaralar yoʻli bilan hal etishga harakat qiladilar. Har qanday sharoitda ham Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyati boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasi tarifining kuchga kirishi yoki davom etishi uchun bir tomonlama harakat olib bormasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuqorida koʻrsatilganlardan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning soʻroviga muvofiq, tariflarni belgilashga oid maʼlumotlarni bunday maʼmuriyatlar tomonidan belgilangan tartibda va shakllarda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga birinchi rad talabidan voz kechishi, narxlarni nisbatdan oshib ketishi, qarshilik koʻrsatmaslik uchun toʻlov yoki mazkur Bitimning maqsadlariga mos kelmaydigan hajm, qatnovlar davomiyligi va tashuvga taalluqli har qanday talabni yuklamaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha davlat ichki protseduralarini yakunlaganliklari haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomaning amal qilishi Bitimning 18-moddasiga muvofiq Bitimning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 30-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)