Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.02.1993 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI QURILIShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarini Navoiy viloyatidagi Jeroy-Sardara konidan qazib olinadigan mahalliy fosfat xomashyosi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jeroy-Sardara koni negizida har yili 2320 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan Qizilqum fosforit kombinati qurilishi amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni kombinat qurilishi buyurtmachisi, Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasi bosh pudratchi etib belgilansin. 1995-yilda kombinatning har yili 1190 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan birinchi navbatini, 1996-yilda ikkinchi navbatini ishga tushirish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni manfaatdor vazirliklar va idoralarning loyiha tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni 1993-yil aprel oyidan kechiktirmay boshlashni hisobga olgan holda kombinatni loyihalashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilda Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasiga qurilish rayonida ishlab chiqarish bazasini tashkil etish uchun hisob-kitoblarga muvofiq hamda oʻzlashtirilishiga koʻra mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-fevraldagi 78-son qarori bilan “Oʻzdavkimyo” konserniga 1993-yilga 1,8 mlrd soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. “Oʻzdavkimyo” konserni 1993-yil fevral-mart oylarida ajratilgan mablagʻlardan loyiha-qidiruv va tayyorgarlik ishlarini mablagʻ bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi har yili respublika investitsiya dasturida mazkur kombinat qurilishiga zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Neft va gaz sanoati davlat konserni, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish”, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmalari bosh pudratchilar sifatida temir yoʻllar, elektr uzatish liniyalari, gazoprovodlar, avtomobil yoʻllari, suv oqizgichlar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash, butlash va qurishni belgilangan muddatlarda taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlarni jalb qilgan holda kon, boyitish fabrikasi, turar joy shaharchasi, ijtimoiy-madaniy-maishiy inshootlar qurilishini amalga oshirsinlar hamda ularning 1993 — 1996-yillarda ishga tushirilishini taʼminlasinlar, bunda loyihalash va qurilish ishlari bir vaqtning oʻzida olib borilsin. Qurilish-montaj ishlariga, haqiqatda bajarilgan ishlar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari kombinat qurilishi qatnashchilari boʻlgan tashkilotlarga kapital mablagʻlarning tasdiqlangan hajmlari doirasida biriktirilgan nomenklatura boʻyicha kvotalangan mahsulotlarni ajratsinlar, shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma asosida xoʻjalik aloqalari oʻrnatilishiga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekistonqishloq” xoʻjaligi mashinasozligi davlat konserni, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni va qurilish qatnashchilari boʻlgan tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha nostandart asbob-uskunalar, detallar va uzellarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Navoiy viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon, boyitish fabrikasi, uy-joylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari qurilishi hamda qurilishning boshqa inshootlari uchun yer uchastkasi tanlash va ajratishni belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv bilan birgalikda inshootlarda ishlovchilarni oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralarga qayd qilib oʻtilgan kombinat qurilishida bevosita band boʻlgan qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari ishchilari va mutaxassislari mehnatiga xodimlar lavozim maoshlarining 30 foizgacha oshirilgan tarif stavkalari boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin, bu xarajatlar qurilish smetasiga kiritilsin. Xizmat safariga yuboriladigan xodimlarga sutkalik xarajatlar belgilangan eng kam ish haqining 0,08 foizi miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 50-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 50-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)