Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-779-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-779-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-avgust,
1307-IV-son