24.08.2021 yildagi 1304-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Hukumat tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan budjet parametrlari doirasida, shuningdek jahon iqtisodiyotida davom etayotgan murakkab jarayonlarni inobatga olgan holda global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatda koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, hukumat qarorlari bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilning birinchi yarim yilligi yakuniga koʻra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) hajmi 318,5 trln. soʻmni tashkil etib, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6,2 foizga oʻsgan. Tashqi savdo aylanmasi 18,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 13,6 foizga oshgan. Bunda eksport 12,3 foizga ortib 7,1 mlrd. AQSH dollarini, import esa 14,3 foizga koʻpayib, 11,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi yarim yillikda Davlat budjeti daromadlari 74,9 trln. soʻmni tashkil etib, prognozga nisbatan 107,8 foizga yoki 5,4 trln. soʻmga oshirib bajarilgan. Daromadlar 2020-yilning mos davri bilan solishtirganda 16,7 trln. soʻmga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz) 79,3 trln. soʻmni yoki YAIMga nisbatan 24,9 foizni hamda aniqlangan xarajatlar rejasiga nisbatan 96,9 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi budjet taqchilligi 16,0 trln. soʻmni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,0 foizni tashkil etgan. Taqchillikning 2,1 trln. soʻmi Davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini joylashtirishdan, 5,3 trln. soʻmi xalqaro moliya institutlaridan budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilingan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan, 8,6 trln. soʻmi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari hisobidan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalari dasturi doirasida respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 5,2 trln. soʻm, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 615,8 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsiyalarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 870,1 mln. AQSH dollari hajmidagi investitsiyalarni hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish orqali 3 280,8 mln. AQSH dollari miqdorida kapital qoʻyilmalar oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Davlat budjetining ijtimoiy yoʻnaltirilganlik tamoyili saqlab qolingan holda, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun 40,4 trln. soʻm yoki umumiy xarajatlarning 50,9 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilgan qator ijobiy ishlar bilan birga Davlat budjetining mablagʻlaridan maqsadli foydalanish borasida ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi doirasida davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning past darajada oʻzlashtirilishi, jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika budjetidan mahalliy budjetlarga jami 668,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan holda, uning 332,2 mlrd. soʻmi yoki 49 foizi oʻzlashtirilgan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar tomonidan budjet mablagʻlari past darajada oʻzlashtirilganligi mazkur yoʻnalishdagi vazifalarning ijrosini toʻliq taʼminlash ustidan tizimli nazorat sust olib borilganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarda tashkil etilgan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan 2021-yilning yarim yilligi davomida 2 289 ta nazorat tadbirlarida jami 118,6 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan oʻtkazilgan 4 661 ta nazorat tadbirlarining 3 471 tasida 1 224,6 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari va moddiy boyliklar kamomadiga, oʻzlashtirishlar, noqonuniy xarajat va ortiqcha toʻlovlarga hamda boshqa moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani maʼlum boʻlgan. Budjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadiga hamda asossiz xarajatlarga yoʻl qoʻyish kabi qonun buzilishlari hollari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 3-martaga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida 8,5-martaga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2,9-martaga oshgan. Shuningdek, yirik miqdordagi qonun buzilishlari hollari barcha mahalliy budjetlar ijrosida kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot qonunda belgilangan tartibda parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarida va masʼul qoʻmitada dastlabki tarzda muhokama qilinganligini, ular tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinganligini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, davlat budjetiga daromadlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash borasida taʼsirchan choralar koʻrish, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga oid davlat dasturlarida koʻzda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, bunda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazorat tizimini oʻrnatish, budjet mablagʻlarning natijadorligini taʼminlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishda qonun buzilishlari hollarining keskin oshishiga yoʻl qoʻygan vazirlik va idoralarda ushbu holatlarning kelib chiqishi sabablarini oʻrganib chiqqan holda ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli choralar koʻrish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Davlat budjeti ijrosini taʼminlash uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi, maqsadli sarflanishi va natijadorligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi hamda asossiz xarajatlarni amalga oshirish holatlarining kelib chiqishi sabablarini chuqur tahlil qilsin, qonun buzilishlarining oldini olishga qaratilgan taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ijrosining ochiqligini taʼminlash borasida ajratilgan mablagʻlar hamda ularning sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borishni taʼminlash uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda taʼsirchan nazorat mexanizmini yaratish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini manzilli ravishda qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotda tadbirkorlik faolligini oshirish va kambagʻallikni qisqartirishda “mahallabay” ishlash tizimini samarali joriy etish yuzasidan aniq va amaliy takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ularning natijadorligini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan vazifalar uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishiga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi Davlat budjetining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining (birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari ishtirokida) eshituvini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi boʻyicha hisobotda keltirilgan holatlar yuzasidan eshituvlar oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorat-tahlil faoliyatida, xususan, BMTning Barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalar ijrosini taʼminlash uchun mutasaddi vazirlik hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy koʻrib chiqib, ushbu maqsadlarga Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa manbalar hisobidan yoʻnaltirilgan hamda oʻzlashtirilayotgan mablagʻlardan foydalanish natijadorligi va samaradorligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1304-IV-son