10.09.2021 yildagi 565-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tizimi asosida jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish, bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablarini oʻrganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning turi hamda xususiyatlaridan kelib chiqib, vakillari muhokamada ishtirok etishi shart boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish va hisobini yuritish boʻyicha ishchi organ va uning vazifalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyat holati boʻyicha — jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs boʻyicha — uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi, uncha ogʻir boʻlmagan va ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar — tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi jarayonida sodir etilgan jinoyat holati boʻyicha jinoyat ishi mazmuni, jinoyatga aloqador boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishga, shuningdek, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
565-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni oʻrganish hamda muhokama qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs — jinoyat sodir etganligi uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aybdor deb topilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatning sabablari — jinoyat sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy, ruhiy va moddiy omillar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari — kelgusida jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy, tarbiyaviy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar — jinoyat sodir etilishiga imkon beradigan, shaxs va jamiyatga bogʻliq boʻlgan yoki bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga keluvchi, tanqidiy jihatdan baholanuvchi vaziyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy maqsadi jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni oʻrganish, aniqlash va bartaraf etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatdan jabrlanuvchini, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan, jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish xavfini kamaytirish (viktimologik profilaktika);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha jamoatchilikda xolis fikrni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish qonuniylik, oshkoralik, jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, odillik, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, tizimlilik, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish, ishontirish usulining ustuvorligi kabi prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhim yoki toifalangan obyektlar (harbiy qism, jazoni ijro etish muassasasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning binolari va boshqalar) hududida sodir etilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkor etilishi davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish jinoyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olish sirini oshkor qilish bilan bogʻliq jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, shuningdek, oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlari xavfsizligini taʼminlashni taqozo etuvchi jinoyat ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyat holati boʻyicha — jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs boʻyicha — uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita davlat organlari va tashkilotlarda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda ushbu organ va tashkilotlarning oʻzida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan muddatda jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi yoki sudning xususiy ajrimi kelib tushgan taqdirda, jinoyat sodir etgan shaxs boʻyicha muhokama ushbu taqdimnoma yoki xususiy ajrim doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinadigan jinoyatlar taqsimoti quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uncha ogʻir boʻlmagan va ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar — tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektor) hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini tashkil qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sodir etilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish va hisobini yuritish boʻyicha ishchi organ (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi organ har kuni quyidagi axborotlarni jamlab boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov organlarining sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi birlamchi axborotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar tomonidan taqdim etilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ tomonidan axborotlar umumlashtirilgan maʼlumotnoma shaklida shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga elektron tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomada jinoyatning mazmuni, sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar, tegishli tuman (shahar) darajasidagi sektor hamda masʼul davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi hamda profilaktika (katta) inspektori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar batafsil koʻrsatilib, jinoyatning kelib chiqish sabablari (bunda sababning davomiy yoki voqea davrida toʻsatdan yuzaga kelganligiga alohida eʼtibor qaratiladi) hamda bunga imkon bergan shart-sharoitlar haqidagi birlamchi maʼlumotlar asosida bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamasiga masʼul davlat organlari va tashkilotlardan belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamalari boʻyicha yuritilgan hisobotlarni monitoring qilib boradi va haqqoniyligiga baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamalari yakunida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan mansabdor shaxslar faoliyatini oʻrganib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish haqida takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari har kuni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma bilan tanishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomada koʻrsatilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslarning kelgusida muhokamasini tashkil qilish uchun tegishli tuman (shahar) darajasidagi sektor hamda masʼul davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlariga yozma topshiriqlar berib, ularni mahalliy hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi (boshqarmasi) tomonidan darhol yetkazilishini taʼminlab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sektor rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor hududidagi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan muhokama qilish boʻyicha masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamalarini shaxsan oʻtkazadi va muhokama yigʻilishlariga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamalarini oʻtkazish joyi va vaqtini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat muhokamalarida masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirokini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat boʻyicha asossiz shov-shuvlarning oldini olishga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jinoyatlarning turi, sohasi hamda xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari muhokamada ishtirok etishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tomonidan yoki ularga nisbatan, shuningdek, odob-axloq va oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz, bandligi taʼminlanmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida profilaktik hisobga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni oʻtayotgan, maʼmuriy nazoratda turgan, ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi yuzasidan jinoyatlar boʻyicha — ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita davlat organlari va tashkilotlar hududida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha — davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyat holati boʻyicha — jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs boʻyicha — sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs (ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno) hamda uning ota-onasi, ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki boshqa yaqin qarindoshlarining ishtiroki taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jinoyat muhokamalarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini oʻtkazish va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasida ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika (katta) inspektorlari, tegishli boʻlinmalarning xodimlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining ishtiroki taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etishda masʼul tashkilotlar rahbarlari va xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda kelgusida shu kabi holatlar oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muhokama yakuni boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yigʻilish bayoni rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yigʻilish bayonida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayon tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashuvchilar va taklif etilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etganlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyatning mazmuni, sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jinoyatning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillarining muhokama qilinayotgan jinoyat va jinoyat sodir etgan shaxslar boʻyicha fikr va mulohazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama qilingan jinoyat kelib chiqishining barvaqt oldini olish choralarini koʻrmagan masʼul tashkilotlar rahbarlari yoki xodimlariga intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama qilingan jinoyatning kelgusida oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar va vazifalar hamda ularni amalga oshirish muddatlari va masʼul ijrochilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yigʻilish bayonida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan nazorat bevosita tegishli hudud darajasidagi sektor rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muhokama jarayonlari fotosuratga yoki videotasvirga olinishi mumkin. Fotosurat yoki videotasvir yigʻilish bayoni nusxalari bilan birga ishchi organga hamda tegishli hokimlik tashkiliy-nazorat guruhiga elektron tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muhokama yakunida sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxsning fotosurati u tomondan sodir etilgan jinoyat toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birga mahalla fuqarolar yigʻinidagi barchaga koʻrinadigan eʼlonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs sudning oqlov hukmini taqdim qilgan taqdirda, uning fotosurati va sodir etilgan jinoyat toʻgʻrisidagi maʼlumot profilaktika (katta) inspektori tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinidagi eʼlonlar taxtasidan darhol olib tashlanadi, shuningdek, ushbu holat boʻyicha avval oʻtkazilgan muhokama yuzasidan uch kun muddatda raddiya tayyorlanib, eʼlonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilish bayonlarida qayd etilgan maʼlumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda ularning yagona hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan muhokamalarni har oy yakuni boʻyicha tahlil qilib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan muhokamalar toʻgʻrisidagi axborotlar asosida tuman (shahar) hokimlari, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlariga nisbatan oʻz vakolati doirasida choralar koʻradi yoxud taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilishda davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalarini jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida taʼsirchan chora-tadbirlarni koʻrib, mazkur yoʻnalishda shaxsiy nazorat oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarining tahlili asosida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida tegishli hududda sodir etilgan jinoyatlar, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli takliflarni ishlab chiqish bilan birga koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli tanqidiy muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning muhokamasi jarayoni va natijalari Internet jahon axborot tarmogʻida va mediaresurslar orqali yoritib boriladi, keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar, sudlar

Sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi birlamchi axborotlar, sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBlarga — ishchi organga taqdim etadi

Har kuni

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBlari

Axborotlarni umumlashtirilgan maʼlumotnoma shaklida:

ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga;

uncha ogʻir boʻlmagan va ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar boʻyicha — tuman (shahar) hokimliklariga elektron tarzda yuboradi

Har kuni

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimlari

Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma bilan tanishib, maʼlumotnomada koʻrsatilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslarning kelgusida muhokamasini tashkil qilish uchun tegishli hudud darajasidagi sektor va masʼul tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlarni belgilaydi, topshiriq hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan ijrochilarga darhol yetkaziladi

Har kuni

4-bosqich

Sektor rahbarlari

Jinoyat muhokamasiga masʼul tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokini taʼminlaydi, muhokamani shaxsan oʻtkazadi, bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab, ijroga qaratadi.

Muhokama jarayonlari fotosuratga va videotasvirga olinib, yigʻilish bayoni nusxalari bilan birga ishchi organga hamda tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhiga taqdim etiladi.

3 kun muddatda

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublyaikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBlari

Oʻtkazilgan muhokamalarni har oy yakuni boʻyicha tahlil qilib, tegishlilik boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga batafsil axborot kiritadi

Har oyning
5 sanasiga qadar

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Oʻtkazilgan muhokamalar toʻgʻrisidagi axborotlar asosida tuman (shahar) hokimlari, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlariga nisbatan oʻz vakolati doirasida choralar koʻradi yoxud taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan takliflar kiritadi.

5 kun muddatda
har oy yakunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

___ -sektor rahbari, ____________

______________________________
______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” ________

_____________ viloyati (shahri), __________ tumani, “_________” mahalla
‎fuqarolari yigʻinida oʻtkazilgan yigʻilishning

___ -sonli bayoni

20___ yil “___” _______

________ tumani (shahri)

Raislik qiluvchi:

___ -sektor rahbari,____________________________________________

_____________________________________________________________

Qatnashdilar: _____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
________ , ____ nafar mahalla fuqarolari

KUN TARTIBI:

“_____________” mahallasida 20___ yil “___” _______ kuni sodir etilgan
‎____________ jinoyatining sabablari va bunga imkon bergan
‎shart-sharoitlarning muhokamasi

Sektor rahbari axboroti ‎___________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Jinoyatning batafsil mazmuni_______________________________________________________

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Jinoyat sodir etgan va jabrlangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar____________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Holatning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili_________________
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining bildirgan fikr

va tushuntirishlari__________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________

Muhokama qilingan jinoyat kelib chiqishining barvaqt oldini olish choralarini koʻrmagan masʼul

tashkilotlar rahbarlari yoki xodimlariga intizomiy taʼsir choralari qoʻllash boʻyicha takliflar_____________
__________________________________________________________________________________________.
Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar tanqidiy muhokama qilinib, yigʻilish

QAROR QILADI:

Muhokama qilingan jinoyatning kelgusida oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar va vazifalar
hamda ularni amalga oshirish muddatlari va masʼul ijrochilari:
1. ______________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________;
2. ______________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________;
3. ______________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________;
4. ______________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________;
5. ______________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________.
Yigʻilish kotibi:
“________” MFY raisi ________________________

(F.I.O., imzo, muhr)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 09/21/565/0860-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)