Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2021-yil 26-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilganligini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga koʻra kelishuv komissiyasi tuzilsin.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari Adxam Xursanbayevich Shadmanov, Davron Raximovich Aripov va Zuxra Tursunovna Shadiyeva Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan mazkur komissiya tarkibiga saylansin.
3. Mazkur Qonun muhokamasi jarayonida bildirilgan mulohazalarning tuzatishlar tarzida taʼriflab berilishi taklif qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga murojaat etilsin.
4. Kelishuv tartib-taomillarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining vakili taklif etilsin.
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul,
1189-IV-son