Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JUN VA QORAKOʻL TERIGA ERKIN NARXLAR BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash korxonalarining, fermer xoʻjaliklarining jun va qorakoʻl teri yetishtirish, tayyorlash va sotishdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek qishloqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yildan boshlab jun va qorakoʻl teriga shartnomaviy erkin xarid va ulgurji narxlar joriy qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 104-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-fevral,
92-son