22.02.1993 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

GUGURT ISHLAB CHIQARISH BOʻYICHA “OʻZELLAS” OʻZBEKISTON GRETSIYA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasi va “IMPEKS-GROUP” firmasining gugurt ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzellas” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasi “IMPEKS-GROUP” firmasi bilan birgalikda “Oʻzellas” qoʻshma korxonasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun 1993-yil 15-martgacha zarur hujjatlarni tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma korxonaning inshootlarini qurish boʻyicha bosh pudratchi etib “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzogʻirsanoat” instituti “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasining talabnomasiga binoan gugurt ishlab chiqarish boʻyicha texnologik liniyalarni joylashtirish uchun yogʻochga kompleks ishlov berish korxonasining mavjud ishlab chiqarish maydonlarini qaytadan qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IMPEKS-GROUP” firmasi oʻzining ustav fondidagi ulushi (33 foiz) hisobiga Gretsiyadagi uskunalarni qismlarga ajratib Toshkentga olib keladi va montaj qilib, ishga tushirish, sozlash ishlarini bajaradi va kadrlarni oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona uchun ajratilgan yer uchastkasining, binolar va inshootlarning qiymati 1,5 mln AQSH dollariga baholangan hamda “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasining ustav fondidagi ulushi (67 foiz) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzsanoatqurilish banki mazkur qoʻshma korxona inshootlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash uchun 3,5 mln AQSH dollari “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasining ustav fondidagi ulushi va imtiyozli kredit ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzshartnomasavdo” “Oʻzboshyogʻochqurilish” birlashmasining buyurtmanomasiga binoan gugurt ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan kimyoviy xom ashyo yetkazib berishni belgilangan tartibda hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-fevral,

93-son