Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TUZILMASIGA OʻZGARIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida xalq xoʻjaligi tarmoqlarini boshqarishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik boʻlimi mashinasozlik, kimyo va metallurgiya boʻlimiga, yoqilgʻi sanoati, energetika, kimyo va metallurgiya boʻlimi yoqilgʻi sanoati va energetika boʻlimiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Davlat koinotni tadqiq etish agentligi Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui tarkibiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi Yoqilgʻi sanoati va energetika majmui tarkibiga oʻtkazilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-fevral,
99-son