27.08.2021 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanadiganlar roʻyxatlarini tasdiqlash va ularni topshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlayotgan, mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlashda, “Yangi Oʻzbekiston”ning yaratilishida alohida fidoyilik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizni “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash, shuningdek, Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligini tantanali oʻtkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 27-avgustdagi 02-2633-son topshirigʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirish tadbirlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʻrish hamda ularni yuqori saviyada va koʻtarinki ruhda oʻtkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2021-yil 24-maydagi PF-6234-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida” 2021-yil 23-avgustdagi PF-6281-son farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari tomonidan taqdim etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanadigan ziyolilar, fan va sanʼat arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermyerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va boshqa shaxslar roʻyxatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2021-y., 09/21/547/0846-son)