Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yevropa investitsiya banki ishtirokida “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yevropa investitsiya banki (keyingi oʻrinlarda — YIB) Direktorlar kengashi “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 100,0 mln. AQSh dollarigacha kredit liniyasini taqdim etishni maʼqullagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
100 mln. AQSh dollarigacha ekvivalent miqdoridagi kredit mablagʻlari “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga — 30,0 mln. AQSh dollari, “Mikrokreditbank” ATBga — 35,0 mln. AQSh dollari va “Qishloq qurilish bank” ATBga — 35,0 mln. AQSh dollari (keyingi oʻrinlarda — ishtirok etuvchi tijorat banklari) miqdorida koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun revolver shaklida qayta moliyalashtiradi;
bitta investitsiya loyihasi uchun YIB mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kreditlarning maksimal qiymati 12,5 mln. yevro ekvivalentiga teng boʻlgan miqdordan oshirilmaydi hamda YIB kredit liniyalari boʻyicha bitta investitsiya loyihasining maksimal qiymati 25,0 mln. yevro ekvivalentidan oshmaydi;
ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etilayotgan YIB kredit liniyasining kamida 30 foizi YIB mezonlariga koʻra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi, shu bilan birga, ayollar tadbirkorlik subyektlari ajratilgan limitdan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banklar YIB va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda loyihaning ikkinchi yilida boshqa kredit oluvchilarni moliyalashtirish uchun foydalanilmagan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi beriladi;
loyiha mablagʻlari hisobidan kredit oluvchilardan qaytariladigan mablagʻlar ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan revolver asosida, qayta moliyalash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha oʻrnatilgan muddatlarda qaytarilishi lozim boʻlgan resurslar bundan mustasno, koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
ishtirok etuvchi tijorat banklari ijro etuvchi organlar boʻlib, qayta moliyalashtirilgan YIB kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi;
YIBning kreditini qaytarish, shuningdek, foizlar va boshqa xarajatlarni toʻlash qayta moliyalashtirilgan kredit miqdorida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) loyihani muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
4. “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya bankining kreditini jalb qilish grafigi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Agentlik oʻrtasidagi YIBning kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan YIB oʻrtasidagi moliyaviy bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Moliya vazirligi ikki hafta muddatda:
loyiha boʻyicha YIB bilan moliyaviy bitim imzolanishini;
ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan hamkorlikda loyiha doirasida kredit berish tartibi, tadbirkorlar loyihalarini tanlash va baholash mezonlari, shuningdek moliyaviy boshqaruv, xaridlarni amalga oshirish, loyihani amalga oshirishni monitoring qilish tartibini belgilaydigan YIBning operatsion qoʻllanmasini (“Side Letter”) YIBga taqdim etilishini;
YIB bilan kreditni qaytarish va uning foizlarini toʻlash grafigini tasdiqlanishini hamda ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan YIB kreditini qayta kreditlash shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
8. Agentlik:
bir oy muddatda ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda YIB bilan kelishilgan holda oʻzining rasmiy veb-saytlarida loyihani moliyalashtirish shartlari va imtiyozlarini keng yoritilishini taʼminlasin;
har chorak yakuni boʻyicha YIB krediti hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-avgust,
554-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 554-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya bankining kreditini jalb qilish
GRAFIGI
|
|
(mln. AQSh dollari) | ||
|
Komponent nomi |
2021-yil |
2022-yil |
Jami |
|
Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi, shu jumladan: |
70,0* |
30,0 |
100,0 |
|
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB |
20,0 |
10,0 |
30,0 |
|
“Mikrokreditbank” ATB |
25,0 |
10,0 |
35,0 |
|
“Qishloq qurilish bank” ATB |
25,0 |
10,0 |
35,0 |
* zarur hollarda YIB mablagʻlarini 2021-yilda belgilangan miqdordan ortiqroq oʻzlashtirish mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/554/0843-son; 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)