Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston RespublikasiMarkaziy banki tomonidan yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) coʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) soʻmlik banknotlar chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekistan Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) soʻmlik banknotlarning namunalari hamda dizaynlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabarni, shuningdek, banknotlar tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 19-avgust,
KQ-253-IV-son