Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi QL-692-sonli Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 25-martda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi QL-692-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda konstitutsiyaviy qonun loyihasi tarzida koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
1170-IV-son