ILOVA
| Xball = | X | * Y max ball |
| Xmax |
|
Y max ball |
* X | |
|
Xmax |
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Tadbirlar |
Masʼullar |
Bajarish muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Rasmiy statistik maʼlumotlarni “sektor.reyting.uz” AATga kiritish. |
Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlar |
15-yanvarga qadar | |||
|
2-bosqich |
“Sektor.reyting.uz” AAT orqali sektorlarning samaradorlik koʻrsatkichini hisoblash vasektorlar kesimida natijani aniqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
25-yanvarga qadar | |||
|
3-bosqich |
Rasmiy statistik maʼlumotlar natijalari asosida sektorlar faoliyati samaradorligini baholash yakunlarini umumlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari Kengashlariga taqdim qilish, oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
1-fevralga qadar | |||
|
4-bosqich |
Xalq deputatlari Kengashlari majlislarida sektorlar faoliyati samaradorligining baholash natijalarini muhokama qilish. |
Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari |
15-fevralga qadar | |||
|
5-bosqich |
Baholash natijalariga koʻra tuman, shahar sektorlari oʻrtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar ragʻbatlantiriladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
15-fevralga qadar | |||
|
6-bosqich |
Baholash yakunlari boʻyicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
1-martga qadar | |||
2-ILOVA
| T/r | Koʻrsatkichlar nomi | Oʻlchov birligi | Koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasi | Masʼul organ* | Indikator toifasi va ballari |
| Jami maksimal ball | 100,0 | ||||
| 1. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi koʻrsatkichlari | 60,0 | ||||
| a) “Temir daftar” bilan ishlash natijadorligi | 16,0 | ||||
| 1. | “Temir daftar”dan chiqarilgan oilalar | foiz | “Temir daftar”dan chiqarilgan oilalarning “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| 2. | “Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolari | foiz | “Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolarining jami oʻqish istagi mavjud aʼzolar sonidagi ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| 3. | Rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan “Temir daftar”dagi oila aʼzolari | foiz | Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Temir daftar”dagi oila aʼzolarining jami bandligi taʼminlangan aʼzolar sonidagi ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| 4. | “Temir daftar”dagi oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi | foiz | Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Temir daftar”dagi oilalarning jami tibbiy xizmatga muhtoj oilalar sonidagi ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| b) “Ayollar daftari” bilan ishlash natijadorligi | 24,0 | ||||
| 5. | “Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollar | foiz | “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan ayollarning “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| 6. | “Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollar | foiz | “Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollarning jami oʻqish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| 7. | “Ayollar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan ayollar | foiz | Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami bandligi taʼminlangan ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| 8. | “Ayollar daftari”dagi ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi | foiz | Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tibbiy xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| 9. | “Ayollar daftari”dagi ayollarga psixologik xizmat koʻrsatish darajasi | foiz | Psixologik xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami psixologiki xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| 10. | “Ayollar daftari”dagi ayollar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishi | foiz | Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi | Ijobiy |
| v) “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi | 20,0 | ||||
| 11. | “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar | foiz | “Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan yoshlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar sonidagi ulushi | Yoshlar ishlari agentligi | Ijobiy |
| 12. | “Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlar | foiz | “Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlarning jami kasb-hunarga oʻqish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi | Yoshlar ishlari agentligi | Ijobiy |
| 13. | “Yoshlar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan yoshlar | foiz | Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami bandligi taʼminlangan yoshlar sonidagi ulushi | Yoshlar ishlari agentligi | Ijobiy |
| 14. | “Yoshlar daftari”dagi yoshlarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi | foiz | Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tibbiy xizmatga muhtoj yoshlar sonidagi ulushi | Yoshlar ishlari agentligi | Ijobiy |
| 15. | “Yoshlar daftari”dagi yoshlar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishi | foiz | Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi | Yoshlar ishlari agentligi | Ijobiy |
| 2. “Mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi | 8,0 | ||||
| 16. | Mahallalardagi muammolarning hal etilishi | foiz | Doimiy vakillar tomonidan aniqlangan jami muammolardagi hal etilgan muammolarning ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| 17. | Mahallaning “oʻsish nuqtasi” (drayveri)ning amalga oshirilishi | foiz | Amalga oshirilgan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)ning jami aniqlangan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)dagi ulushi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Ijobiy |
| 3. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi | 8,0 | ||||
| 18. | Investitsiya loyihalarining (sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi) amalga oshirilishi | foiz | Hududiy investitsiya dasturlaridagi ishga tushirilgan loyihalarning jami loyihalardagi ulushi | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | Ijobiy |
| 19. | Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasi | foiz | Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning 3 — 6 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushi | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi | Ijobiy |
| 4. Tadbirkorlikni rivojlantirish koʻrsatkichlari | 12,0 | ||||
| 20. | Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari sonining oʻsishi | foiz | Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining oʻtgan yilgi mos davriga nisbatan oʻsishi | Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi | Ijobiy |
| 21. | Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi holati | soʻm | Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit miqdorining sektordagi har mingta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan kredit miqdori | Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi | Ijobiy |
| 22. | Tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilinganligi | birlik | Savdo-sanoat palatasi, Adliya boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank, huquqiy va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy sonining har mingta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori | Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi | Ijobiy |
| 5. Jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish | 8,0 | ||||
| 23. | Sodir etilgan jinoyatlarning kamayishi | birlik | Har ming kishiga toʻgʻri keladigan jinoyatlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan farqi | Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi | Ijobiy |
| 24. | Oilaviy ajrimlarni qisqartirish | foiz | Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnomalar sonining (sud tomonidan bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi sababli qayd etilgan ajralganlik holatlari bundan mustasno) oʻtgan yilning mos davriga nisbati | Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi | Ijobiy |
| 6. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi | 4,0 | ||||
| 25. | Qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi | foiz | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual, Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari orqali kelib tushgan jami murojaatlardagi qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, Bosh vazir qabulxonasi | Ijobiy |