23.08.2021 yildagi PQ-5229-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda qadimdan rivojlanib kelayotgan kulolchilik anʼanalarini asrab-avaylash, tiklash va rivojlantirish, xalqaro darajada keng targʻib qilish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va uning eksportini oshirish, usta kulol hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi (keyingi oʻrinlarda — Forum) hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va namoyishlar, koʻrgazma-savdolar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum har ikki yilda bir marta sentabr oyida Qoʻqon shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uygʻun holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki Forum va uning doirasida “Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022-yil sentabr oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumanida Qoʻqon shahrida oʻtkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, shuningdek, ushbu Tashkiliy qoʻmita Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ham Tashkiliy qoʻmita hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmitaga (A.A. Abduxakimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni yuqori badiiy saviyada oʻtkazish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, bu borada masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum sovrindorlariga topshiriladigan diplom va sertifikatlar namunalarini tayyorlash hamda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Forum Tashkiliy qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Forum bevosita (oflayn) yoki aralash shaklda (oflayn-onlayn) oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yildan keyin Forumni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uni oʻtkazishdan kamida 6 oy oldin belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Forum oʻtkaziladigan joy sifatida belgilangan hudud mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 50 foizi — Forum oʻtkazish belgilangan hudud mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Forum hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa xalqaro madaniy tadbirlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-martga qadar Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, jumladan unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari realizatsiyasi tashkil etiladi hamda veb-sayt elektron savdo platformalari bilan integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum rasmiy veb-sayti orqali hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari realizatsiya qilinganda 2024-yil 1-oktabrga qadar davlat xaridlarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi. Bunda, davlat buyurtmachilari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muzey doʻkonlari, esdalik sovgʻalari savdo tarmoqlarining vakillari, xalqaro xaridorlar, mashhur kolleksionerlar tadbirlarga taklif etiladi, ularning Oʻzbekistonga kelib-ketishi va boʻlishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash ushbu xalqaro madaniy tadbirlarning smetasida nazarda tutiladi. Bunda, ularning roʻyxati tegishli xalqaro tadbirlarning tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikda xorijga olib chiqib ketish uchun badiiy ekspertizadan oʻtkazilishi talab etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari ular sotib olingan kunda tadbirlar oʻtkazilayotgan joyning oʻzida toʻlov undirilmasdan badiiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita (A.A. Abduxakimov) ushbu bandda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini tashkil qilsin, Forum rasmiy veb-saytini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarni Forumning xarajatlar smetasida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fargʻona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (U.A. Azamov) bilan birgalikda uch oy muddatda Forumni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Forumni 2022-yilda tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan kulolchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, mahoratli kulollar, amaliy sanʼat ustalari, soha olimlari va mutaxassislari, faxriy mehmonlarni Forumga taklif etishda tashkilotchilarga amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasining viza talabnomalariga binoan Forumning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda Forumning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda oʻtkazish uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenariynavis va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, isteʼdodli sanʼatkorlarning belgilangan tartibda keng jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Forum oʻtkaziladigan joy sifatida belgilangan hudud inobatga olingan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jumladan 2022-yilda oʻtkaziladigan Forum boʻyicha Fargʻona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Forum oʻtkaziladigan sahna maydonlari hamda joylarning talab darajasida tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Kinematografiya agentligi va Badiiy akademiya bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum doirasida tadbirlar oʻtkaziladigan hududda kulolchilik sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, kulolchilik buyumlari, qadimiy kulolchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum doirasida teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum dasturi ishlab chiqilishini va Forum boshlanishidan uch oy oldin turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda unga xorijiy mehmonlar va sayyohlar jalb qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Forum qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov) Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishlarini YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritishga tavsiya etish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar tegishlicha hunarmandchilikning hududda rivojlangan yoʻnalishini inobatga olib, Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz va Nurota shaharlarini Jahon hunarmandlari shahri maqomini olishga tavsiya etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy ekspert va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vazirligi (I.R. Maxkamov) Forum qatnashchilarini Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq, belgilangan tartibda avia va temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov) va “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) bilan birgalikda Forumga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar va qatnashchilarni kutib olish, joylashtirish va ularni Forum oʻtkaziladigan hududga yuborishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Forum oʻtkaziladigan joylarda va ushbu tadbirlar davomida tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalari Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov hamda “Hunarmand” uyushmasi raisi U.T. Abdullayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5229-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 07/21/5229/0816-son)