Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
“Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2361-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-son “Ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 2-apreldagi 90-son “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2361, 2012-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 220-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 29-martdagi 66-son “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2361-1, 2018-yil 10-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2361-1/1054-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston buxgaltyerlar federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
49-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi A. BABAMUXAMEDOV
2021-yil 19-iyul
Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi J. MIRZAYEV
2021-yil 13-iyul
Oʻzbekiston buxgaltyerlar federatsiyasi Boshqaruvi raisi D. SULTANOVA
2021-yil 11-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 10/21/2361-2/0812-son)