18.08.2021 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qaroriga muvofiq hamda talabalarga oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qarori 1-bandiga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari talabalariga ajratiladigan taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻ ajratish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda taʼlim kreditlari, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼlim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, taʼlim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va toʻlash taʼlim tashkilotiga mablagʻlar oʻtkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlimning ushbu turi boʻyicha oʻqishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan soʻng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlari va ularga mablagʻlar ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida taʼlim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan taʼlim krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklardan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Jamgʻarma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari bilan Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablagʻlar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi doimiy ravishda mazkur Nizom doirasida Moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi tijorat banklariga taʼlim kreditlari ajratish uchun 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga depozit mablagʻlarni joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari taʼlim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt miqdorining 25 foizi boʻyicha — kredit oluvchilardan har yili 1-sentabrga qadar kredit olish uchun kelib tushgan arizalar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt miqdorining 50, 75 va 100 foizi boʻyicha — oʻquv yili davomida taʼlim krediti shartnomasi tuzgan kredit oluvchilar ehtiyoji hisob-kitobidan va har yili, mos ravishda, 15-dekabr, 15-mart va 15-iyunga qadar kredit olish uchun yangi kelib tushgan arizalar asosida shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklari har chorak uchun shakllantirilgan reyestrlar asosida 5-sentabr, 20-dekabr, 20-mart va 20-iyunga qadar Jamgʻarmaga taʼlim krediti uchun mablagʻlarni olish maqsadida buyurtmanomani taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga qadar shakllantiriladigan Reyestrga asosan Jamgʻarmaga bir yoki bir necha marta buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning taʼlim kreditiga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan taʼlim kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan taʼlim tashkilotlari qabul parametrlariga oʻzgartirish kiritilishi va boshqa sabablarga koʻra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi va oxirgi sanasida Jamgʻarmaga buyurtmanoma yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish boʻyicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablagʻlarni tijorat banklarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bosh bitimga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos ravishdagi foiz bandga tushirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning asosiy stavkasi koʻtarilgan taqdirda, taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan taʼlim krediti uchun mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kredit tavakkalchiliklarini oʻzaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablagʻlarining 50 foizini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qoʻyish boʻyicha tijorat banki va Moliya vazirligi oʻrtasida garov shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — garov shartnomasi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Taʼlim kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnoma (kontrakt)da oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
(18-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, jumladan fuqarolik pasportini yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasini shaxsan koʻrsatadi. Bank taqdim etilgan hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni soʻrab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqishi va taʼlim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi koʻrsatilgan holda javob xati berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, keyingi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomada belgilangan toʻlov miqdori va taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizadan kelib chiqib, kredit miqdori taʼlim krediti shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan shartlar tijorat banki va kredit oluvchi oʻrtasida tuziladigan taʼlim krediti shartnomasida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning shaxsiy yozma topshirigʻi asosida kredit oluvchi va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturasida koʻrsatib oʻtilgan hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taʼlim kreditlari boʻyicha mablagʻlar taʼlim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda oʻquv yili mobaynida oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda toʻrt qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda oʻqishning yarim yil yoki toʻliq bir yil uchun toʻlov summasini biryoʻla amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tijorat banklari Moliya vazirligidan jalb qilingan, biroq kredit oluvchi tomonidan taʼlim kreditining oʻzlashtirilmagan qismi miqdordagi mablagʻlarni 24-bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan mos muddatlardan soʻng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan foiz qarzdorligi mavjud boʻlsa yoki muntazam ravishda toʻlov muddatini oʻtkazib kelgan boʻlsa, tijorat banki taʼlim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga toʻlov-kontraktning navbatdagi qismi boʻyicha yoki keyingi yillar uchun taʼlim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kreditni qaytarish va kredit monitoringini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim kreditini taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim krediti boʻyicha foiz toʻlovlari va asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Taʼlim kreditining asosiy qarzi va (yoki) foizi boʻyicha 180 kundan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda bank garov shartnomasiga muvofiq oʻzining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlarini taʼlim kreditining asosiy qarzi qoldigʻining 50 foizi miqdoriga kamaytirish yuzasidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi va bu haqda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Moliya vazirligini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tijorat bankining Moliya vazirligi oldida oʻz majburiyatini mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan holatlarda kamaytirishi kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning bankka taʼlim krediti boʻyicha foiz va asosiy qarzni toʻliq toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar taʼlim krediti tijorat bankining Moliya vazirligi oldidagi majburiyati kamaytirilgandan soʻng toʻliq yoki qisman qaytarilsa, tijorat banki qaytarilgan mablagʻning 50 foiziga teng miqdorda oʻzining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatini oshiradi va qaytgan mablagʻdan ushbu majburiyatni soʻndiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki qaytarilgan mablagʻning qolgan qismini kredit oluvchining tijorat banki oldidagi qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 327-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 92-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son; 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)