Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qaroriga muvofiq hamda talabalarga oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qarori 1-bandiga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga ajratiladigan taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻ ajratish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.
3. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda taʼlim kreditlari, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-avgust,
527-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan barcha oliy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari)da (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkiloti) va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom qoidalari:
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan;
tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Taʼlim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Oliy taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Bunda, taʼlim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va toʻlash oliy taʼlim tashkilotiga mablagʻlar oʻtkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan oliy taʼlim tashkilotida taʼlimning ushbu turi boʻyicha oʻqishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan soʻng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlari va ularga mablagʻlar ajratish tartibi
5. Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat bankida taʼlim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud boʻlishi;
bankning regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
bank Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan taʼlim krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklardan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Jamgʻarma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari bilan Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablagʻlar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
7. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.
8. Moliya vazirligi doimiy ravishda mazkur Nizom doirasida Moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Moliya vazirligi tijorat banklariga taʼlim kreditlari ajratish uchun 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga depozit mablagʻlarni joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tijorat banklari taʼlim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr):
toʻlov-kontrakt miqdorining 25 foizi boʻyicha — kredit oluvchilardan har yili 1-sentabrga qadar kredit olish uchun kelib tushgan arizalar asosida;
toʻlov-kontrakt miqdorining 50, 75 va 100 foizi boʻyicha — oʻquv yili davomida taʼlim krediti shartnomasi tuzgan kredit oluvchilar ehtiyoji hisob-kitobidan va har yili, mos ravishda, 15-dekabr, 15-mart va 15-iyunga qadar kredit olish uchun yangi kelib tushgan arizalar asosida shakllantiradi.
11. Tijorat banklari har chorak uchun shakllantirilgan reyestrlar asosida 5-sentabr, 20-dekabr, 20-mart va 20-iyunga qadar Jamgʻarmaga taʼlim krediti uchun mablagʻlarni olish maqsadida buyurtmanomani taqdim qiladi.
Tijorat banklari tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga qadar shakllantiriladigan Reyestrga asosan Jamgʻarmaga bir yoki bir necha marta buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning taʼlim kreditiga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan taʼlim kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlariga oʻzgartirish kiritilishi va boshqa sabablarga koʻra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi va oxirgi sanasida Jamgʻarmaga buyurtmanoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish boʻyicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablagʻlarni tijorat banklarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bosh bitimga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos ravishdagi foiz bandga tushirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning asosiy stavkasi koʻtarilgan taqdirda, taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoldiriladi.
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan taʼlim krediti uchun mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kredit tavakkalchiliklarini oʻzaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablagʻlarining 50 foizini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qoʻyish boʻyicha tijorat banki va Moliya vazirligi oʻrtasida garov shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — garov shartnomasi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Taʼlim kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
18. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;
b) talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnoma (kontrakt)da oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
v) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
19. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, jumladan fuqarolik pasportini yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasini shaxsan koʻrsatadi. Bank taqdim etilgan hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
20. Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni soʻrab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqishi va taʼlim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi koʻrsatilgan holda javob xati berishi lozim.
21. Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, keyingi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomada belgilangan toʻlov miqdori va taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizadan kelib chiqib, kredit miqdori taʼlim krediti shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
22. Taʼlim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan shartlar tijorat banki va kredit oluvchi oʻrtasida tuziladigan taʼlim krediti shartnomasida aks ettirilishi lozim.
23. Tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning shaxsiy yozma topshirigʻi asosida kredit oluvchi va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturasida koʻrsatib oʻtilgan hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Taʼlim kreditlari boʻyicha mablagʻlar oliy taʼlim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda oʻquv yili mobaynida oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda toʻrt qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
kredit oluvchining yozma topshirigʻi va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan mos davr uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida shartnomada (kontrakt) belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun har yili 15-sentabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun — har yili 1-oktabrgacha, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi — har yili 1-yanvargacha, 75 foizi — har yili 1-aprelgacha va 100 foizi — har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda oʻtkazib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit oluvchi tegishli toʻlovni amalga oshirish uchun tijorat bankiga mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan mos sanalarga qadar murojaat qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining qabul parametrlari oʻzgartirilishi munosabati bilan va boshqa sabablarga koʻra taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizani belgilangan muddatlardan keyin topshirgan kredit oluvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomasi (kontrakti) boʻyicha mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatlardan keyin ham taʼlim krediti hisobidan toʻlovlar oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda oʻqishning yarim yil yoki toʻliq bir yil uchun toʻlov summasini biryoʻla amalga oshirishi mumkin.
25. Tijorat banklari Moliya vazirligidan jalb qilingan, biroq kredit oluvchi tomonidan taʼlim kreditining oʻzlashtirilmagan qismi miqdordagi mablagʻlarni 24-bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan mos muddatlardan soʻng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan foiz qarzdorligi mavjud boʻlsa yoki muntazam ravishda toʻlov muddatini oʻtkazib kelgan boʻlsa, tijorat banki taʼlim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga toʻlov-kontraktning navbatdagi qismi boʻyicha yoki keyingi yillar uchun taʼlim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.
4-bob. Kreditni qaytarish va kredit monitoringini amalga oshirish tartibi
27. Asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
28. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim kreditini taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
29. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim krediti boʻyicha foiz toʻlovlari va asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
30. Taʼlim kreditining asosiy qarzi va (yoki) foizi boʻyicha 180 kundan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda bank garov shartnomasiga muvofiq oʻzining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlarini taʼlim kreditining asosiy qarzi qoldigʻining 50 foizi miqdoriga kamaytirish yuzasidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi va bu haqda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Moliya vazirligini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Tijorat bankining Moliya vazirligi oldida oʻz majburiyatini mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan holatlarda kamaytirishi kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning bankka taʼlim krediti boʻyicha foiz va asosiy qarzni toʻliq toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Agar taʼlim krediti tijorat bankining Moliya vazirligi oldidagi majburiyati kamaytirilgandan soʻng toʻliq yoki qisman qaytarilsa, tijorat banki qaytarilgan mablagʻning 50 foiziga teng miqdorda oʻzining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatini oshiradi va qaytgan mablagʻdan ushbu majburiyatni soʻndiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banki qaytarilgan mablagʻning qolgan qismini kredit oluvchining tijorat banki oldidagi qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 327-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 92-modda) ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son; 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)