Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3123-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni)” 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 13-dekabrdagi 3-mh-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3123, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 10/19/3123/2504-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShIN
Toshkent sh.,
2021-yil 5-avgust,
153-son
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 5-avgustdagi 153-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomi va 1-bandidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomi va muqaddimasidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “muassasalari” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 2-banddagi “muassasasida” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotida” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 4-banddagi “muassasasi” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkiloti” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 5-banddagi “muassasalari” va “muassasasining rahbari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotining direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 6-bandning birinchi xatboshisi va 12-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasasi rahbarining” degan soʻzlar “tashkiloti direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 7-banddagi “muassasasi rahbari” degan soʻzlar “tashkiloti direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 8-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) 9-banddagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
l) 10-banddagi “muassasasiga” degan soʻz “tashkilotiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
m) 11-banddagi “muassasasining rahbari” degan soʻzlar “tashkilotining direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
n) 14-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 10/21/3123-1/0803-son)