31.07.2021 yildagi SQ-358-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabogʻ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shahboz Sardor Shoxjaxon” fermer xoʻjaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shahzodasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalarga tegishli yer maydonlari maqsadsiz foydalanib kelayotganligi sababli tuman zaxira fondiga qaytarish toʻgʻrisida”gi VI-32/39-sonli qarorini oʻrganish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabogʻ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shaxboz Sardor Shoxjaxon” fermer xoʻjaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shaxzodasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalarga tegishli yer maydonlari maqsadsiz foydalanib kelayotganligi sababli tuman zaxira fondiga qaytarish toʻgʻrisida”gi VI-32/39-sonli qarorining qonuniyligi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, Yakkabogʻ tumani hokimining 2020-yil 18-maydagi NQ-856/05-sonli qaroriga muvofiq “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirmaga quyonchilikni rivojlantirish uchun tuman zaxira fondidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida 17,0 gektar yer maydoni ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga asosan tuman hokimligi hamda “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma oʻrtasida 49 yil muddatga yer ijara shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi VI-32/39-sonli qaroriga asosan “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma hamda yana qator fermer xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratish toʻgʻrisidagi tuman hokimining qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari tuman zaxira fondiga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qaror amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Fuqarolik kodeksining 357-moddasida shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kirishi va taraflar uchun majburiy boʻlib qolishi, 382-moddasida shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 24-moddasi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga koʻra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaʼni, tomonlar oʻrtasida nizo mavjud boʻlgan har qanday hollarda yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi VI-32/39-sonli qaroriga asosan “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma hamda yana qator fermer xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratish toʻgʻrisidagi tuman hokimining qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari tuman zaxira fondiga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida maʼmuriy organ manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini berishi shartligi belgilangan boʻlsa-da, qaror qabul qilishda fermer xoʻjaligi rahbarining ishtiroki taʼminlanmagan va unga holat boʻyicha oʻz fikrini bildirish imkoniyati berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonunning 19-moddasiga muvofiq maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlarning va maʼmuriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabogʻ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shahboz Sardor Shohjahon” fermer xoʻjaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shaxzodasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalarga tegishli yer maydonlari maqsadsiz foydalanib kelayotganligi sababli tuman zaxira fondiga qaytarish toʻgʻrisida”gi VI-32/39-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-358-IV-son