Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.08.2002 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KICHIK VA O‘RTA BIZNES LOYIHALARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH UCHUN BANK OF NYU-YORK (AQSH)NING KREDIT LINIYASINI JALB ETISH VA UNDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSH Eksport-import bankining sug‘urta qoplamasi ostida Bank of Nyu-York tomonidan beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan kredit liniyasidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Bank of Nyu-York va AQSHning Eksport-import banki o‘rtasida kredit bitimi tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSHning Eksport-import bankining sug‘urta qoplamasi ostida Bank of Nyu-York tomonidan beriladigan 54,97 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi O‘zbekiston Respublikasining kichik va o‘rta biznes subyektlari loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi doirasida import kontraktlar bo‘yicha AQSHda ishlab chiqarilgan texnologiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va xizmatlar sotib olinishi nazarda tutilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSH Savdo va taraqqiyot agentligi orqali ish ko‘ruvchi Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati tomonidan kredit liniyasini jalb etish dasturi doirasida kichik va o‘rta biznes korxonalariga texnik yordamni mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 250 ming AQSH dollari miqdorida grant berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Bank of Nyu-York va AQSHning Eksport-import banki o‘rtasidagi kredit bitimini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank of Nyu-York, AQSHning Eksport-import banki hamda kredit bitimi va grant to‘g‘risidagi bitim doirasida boshqa xorijiy qatnashchilarning daromadlari O‘zbekiston Respublikasida to‘lov manbaida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank of Nyu-York tomonidan beriladigan mazkur kredit liniyasi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlanadigan investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, materiallar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va import bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.'
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-son