1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kam taʼminlangan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovlari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning farzandlari uchun — “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan oila (shaxs)larning farzandlari va yoshlar uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishga xohish va imkoniyatlarini oʻrganish hamda oʻqish istagida boʻlganlarning roʻyxatlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishi uchun ota-onalar toʻlovini “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovlari oʻz vaqtida qoplab berilishini va kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalarning qatnovini har chorakda kamida bir marta puxta tahlil qilgan holda, joylarda koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻgʻrisida masʼul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashlarida hisobot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
523-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)larning (keyingi oʻrinlarda — kam taʼminlangan oilalar) farzandlarini umumtaʼlim muassasalari va ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalaridagi (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim muassasalari) kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini (keyingi oʻrinlarda — toʻlov) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlov jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan har bir bolaga oʻquv yili davomida bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizigacha boʻlgan miqdorda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga asosan umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovidan ozod etilgan kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kam taʼminlangan oilalar farzandlari roʻyxatlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining roʻyxatlarini shakllantirish va umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovlarni qoplab berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari umumtaʼlim muassasalari bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Ijtimoiy himoya” axborot tizimida mavjud boʻlgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tegishli umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan kam taʼminlangan oilalar farzandlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, aniqlangan roʻyxatlardan umumtaʼlim muassasalarining kuni uzaytirilgan guruhlarida oʻqish istagi boʻlmagan hamda toʻlov toʻlashdan ozod etilgan kam taʼminlangan oila farzandlari chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari boʻysunuvidagi umumtaʼlim muassasalari bilan birgalikda har yili 5-avgustga qadar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqish istagida boʻlgan hamda toʻlov toʻlashdan ozod etilmagan kam taʼminlangan oilalarning farzandlari roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatlarni shakllantirish jarayonida umumtaʼlim muassasalari tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishga boʻlgan xohish va imkoniyatlarini ular bilan suhbat oʻtkazish orqali oʻrganadi va inobatga oladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shakllantirilgan roʻyxatlar har yili 10-avgustga qadar tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining boʻlimi bilan kelishiladi va xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu roʻyxatlar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining boʻlimi bilan elektron ravishda (elektron tizim orqali) kelishiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kelishuv xatlarini ilova qilgan holda kiritadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Toʻlovni jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashining kam taʼminlangan oilalarning umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqiydigan farzandlarining toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarori (keyingi oʻrinlarda — qaror) qabul qilinganidan soʻng bir kun ichida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mazkur qarorni tegishli umumtaʼlim muassasalariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasasi qaror kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida mazkur qarorda nazarda tutilgan oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan shartnomalarning nusxalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilingandan keyin oʻn kun ichida jamlanadi va tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimiga belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlov quyidagi manbalar hisobidan qoplab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va kam taʼminlangan oiladagi xotin-qizlarning farzandlari uchun — “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun toʻlovlar — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan oilalarning farzandlari va yoshlar uchun toʻlovlar — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimining buxgalteriya boʻlimi tomonidan toʻlov oʻquv yili (sentyabr — may oylari) davomida oyma-oy toʻlab boriladi. Joriy oy uchun toʻlov shu oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kam taʼminlangan oilalar farzandlari kuni uzaytirilgan guruhga oy davomida toʻliq qatnashmagan hollarda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda kuni uzaytirilgan guruhga qatnashgan kunlar uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bolaning kuni uzaytirilgan guruhga kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir kunlik toʻlov miqdori oylik toʻlov miqdorini kuni uzaytirilgan guruh ish kunlarining rejadagi soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻlov ota-onalar bilan umumtaʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar bir oʻquv yili uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻlov umumtaʼlim muassasasiga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasining hududiy gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi umumtaʼlim muassasasidagi kuni uzaytirilgan guruhga kelmagan oʻquvchilar, kelmagan kunlar, ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan umumtaʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaning bekor qilinganligi yoki toʻlov toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oʻquv yili oyining 5-sanasiga qadar umumtaʼlim maktablari kesimida tuman (shahar) hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlarining zarur darajada bajarilmasligi, bolaning umumtaʼlim muassasasidagi kuni uzaytirilgan guruhlarda qatnashmasligi yoki oʻqishning boshqa muassasaga oʻtkazilishi toʻlovni toʻxtatish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining roʻyxatlarini shakllantirish va umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovlarni qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
1. Umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan kam taʼminlangan oila farzandlarini aniqlaydi.
Har yili 1-avgustga qadar
2. Umumtaʼlim muassasalarining kuni uzaytirilgan guruhlarida oʻqish istagida boʻlgan hamda toʻlov toʻlashdan ozod etilmagan kam taʼminlangan oilalarning farzandlari roʻyxatini shakllantiradi.
Har yili 5-avgustga qadar
3. Shakllantirilgan roʻyxatlarni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining boʻlimi bilan kelishadi va xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Har yili 10-avgustga qadar
2-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
1. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi qarorini umumtaʼlim muassasalariga yetkazadi.
1. Kengash qarori qabul qilingandan keyin bir kun ichida
2. Umumtaʼlim muassasalari va ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzadi.
2. Qaror kelib tushgan kundan uch kun ichida
3. Tuzilgan shartnomalarning nusxalarini jamlaydi va tuman (shahar) hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimiga yuboradi.
3. Kengash qarori qabul qilingandan keyin oʻn kun ichida
4. Kuni uzaytirilgan guruhga kelmagan bolalar, kelmagan kunlar, ota-onalar bilan umumtaʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaning bekor qilinganligi yoki toʻlov toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman (shahar) hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimiga taqdim etib boradi.
4. Har oyning beshinchi sanasiga qadar
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimi
Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi qarori va shartnomalarga asosan toʻlovlarni amalga oshiradi.
Har oyning
10-sanasiga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnaydigan bolalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r
F.I.O.
Umumtaʼlim muassasasi
(raqami va nomi)
Bolaning yashash manzili
“Daftar”larning qaysi birida roʻyxatga turishi yoki turmasligi
1.
2.
3.
...
1.
__________________________
(F.I.O.)
___________
(imzo)
___________________ tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
2.
__________________________
___________
___________________ tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
(F.I.O.)
(imzo)
3.
__________________________
___________
___________________ tuman (shahar) “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshligʻi
(F.I.O.)
(imzo)
4.
__________________________
___________
___________________ Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
(F.I.O.)
(imzo)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarning umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnayotgan har bir farzandi uchun toʻlovni oʻquv yili davomida har bir oy uchun BHMning 25 foizigacha boʻlgan miqdorda qoplashga;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarning umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnayotgan har bir farzandi uchun toʻlovni oʻquv yili davomida har bir oy uchun BHMning 25 foizigacha boʻlgan miqdorda qoplashga;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi“taʼminlash” soʻzidan keyin “, shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan yoki “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlardagi toʻlovni qoplash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2021-y., 09/21/523/0798-son; 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)