Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun binolarni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shaxrida chet el diplomatik vakolatxonalari uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyatini zarur sharoitlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi P-122-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar:
binolarni chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini shahar hokimiyati bilan kelishilgan muddatlarda joylashtirish uchun Toshkent shahar hokimligi yurisdiksiyasiga 1-ilovaga* muvofiq oʻtkazsinlar;
1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarni konsolidatsiya tufayli quyi tarkibiy boʻlinmalarga joylashtirsinlar.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Toshkent shahar hokimligi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan muddatlarda respublikamizning qurilish tashkilotlari bilan birgalikda boʻshagan binolarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va koʻkalamzorlashtirish ishlarining bajarilishini 2-ilovaga* muvofiq taʼminlasin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Tashqi ishlar vazirligi boʻshagan binolarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha buyurtmachi sifatida belgilansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 4-fevral,
56-son