Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2016 30.05.1997 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2016
Hujjat 05.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “Oʻzqurilishmateriallari”ni “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi, shu jumladan unga uyushgan aʼzolar roʻyxatiga hamda kompaniya boshqaruv apparatining xodimlari cheklangan soni 45 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasiga 1 va 2-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin. Kompaniya boshqaruv apparatining kompaniya daromadlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar qarorning rus tilidagi matnida berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya raisi muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Kompaniya raisining oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadilar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini qayta taqsimlash va joylashtirishni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin, bunda aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmalari miqdorlarini ikkilamchi emissiya yoʻli bilan qaytadan koʻrib chiqishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori bilan “Oʻzqurilishmateriallari” konserniga aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasining ustav jamgʻarmasi uning aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat ulushini keyinchalik ushbu aksiyalarni sotib olish huquqi bilan berish hisobiga tashkil topadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlarining erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalari paketi asosan Oʻzbekiston Respublikasining banklariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlariga va jismoniy shaxslariga sotiladi. Aksiyalarning koʻrsatib oʻtilgan paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarini rekonstruksiyalashga va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasining boshqa taʼsischilari bilan birgalikda bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazsin, kompaniyaning kuzatuvchi kengashini tuzsin va ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasiga aksiyadorlar jamiyatlari aksiyalarini yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida emissiya prospektida belgilangan muddatlarda joylashtirishga va solishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan korxonalarni qurish, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta jihozlash va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan tarmoqni rivojlantirishning 1997 — 2000-yillargacha boʻlgan davrga moʻljallangan dasturi 4—9-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4—9-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar boʻyicha topshiriqlar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha qoʻshma korxonalarni rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va tashkil etishning 1997—2000-yillargacha boʻlgan davrga moʻljallangan istiqbolli investitsiyalar loyihalarini 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997—2000-yillarda qurilish materiallarining yangi, yuqori sifatli turlarini 6-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997—2000-yillarda “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini 7-ilovaga muvofiq koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan import qilinadigan xomashyoning asosiy turlarini respublika korxonalarida 8-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Yangi zamonaviy qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojini va ularni mahalliy xomashyo resurslari bazasida 9-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzsanoatqurilishbank”, Oʻzbekiston Respublikasi “Paxtabank” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 4, 5-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayd jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun ustuvor tartibda milliy va chet el valyutasida kreditlar berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga kiritilgan obyektlarning 4-ilovaga muvofiq muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarining 5-ilovaga muvofiq muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzdavarxitektqurilish” qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasining 5-ilovaga muvofiq muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning sugʻurta qilinishi taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish konserni (“Oʻzqurilishmateriallari”) faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori, 5-bandidan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konsernining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 25-dekabrdagi 587-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni korxonalariga doir qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-son